Asosiy mavzular
4 oktyabr 2016

Selektor majlisi qatnashchisi qurbon bo‘ldi

Uchko‘prik tumanidagi 1-MTM (maktabgacha ta'lim muassasasi) mudirasi 29 sentyabr kuni kechasi paxta terimiga bag‘ishlangan selektor majlisiga ketayotib, hokimiyat binosi qarshisidagi yo‘lni kesib o‘tayotganida, uni katta tezlikda kelayotgan mashina urib yuborgan, bu haqda RayONO (hozirgi paytda xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limi)dagi eltuz.som manbasi xabar berdi.

Bu xabarni cho‘lda paxta terayotgan ayni maktabgacha muaassasa xodimlarini janozaga olib borgan taksi xaydovchisi ham tasdiqladi…

“Yarim kechasi janozaga kelgan bog‘cha xodimlarini yana yotoqqa olib borib qo‘ydim. Ular juda achinishayapti, uch nafar farzandi yetim qolibdi», deydi u.

Farg‘ona viloyat xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limidigi eltuz.com nashri manbasiga ko‘ra, har kuni kechki soat 7.30 dan tumandagi barcha mansabdorlar – bank boshqaruvchilari, moliya, soliq, IIB,prokuratura vakillari, maktab direktorlari va bog‘cha mudiralari, QFYlar raislari selektorga yig‘iladi.

U shuningdek, selektor majlisida paxta terimining borishi, unda byudjet idoralarining ishtiroki muhokama etilishi.

Mutlaqo qishloq xo‘jaligiga aloqasi bo‘lmagan muassasa raxbarlari, jumladan halok bo‘lgan bolalar bog‘chasi mudirasidan ham paxta normasi talab etilishini aytadi.

Unga ko‘ra, selektor yig‘ilishi kunlik ish tugaganidan keyin, ba'zan kechki 8 da, ba'zan 9 da boshlanadi.

«Erkaklarku mayli, hatto ayollar ham uyiga tungi 11, 12 lardang keyin kirib borayapti», – deydi har kuni selektor majlisida qatnashayotgan maktab direktorlaridan biri eltuz.com muxbiriga.

Paxta kompaniyasi davrida har yili turli sabablar bilan o‘nlab fojiali voqealar qayd etiladi, bu yilgi mavsum ham bunday holatlardan mustasno bo‘layotgani yo‘q.

Bu yil, Ozodlik radiosi xabarlariga ko‘ra, majburiy paxta terimi siyosati bilan bog‘liq kamida ikkita odam o‘limiga olib kelgan voqea yuz bergan.

Xususan, 28 sentyabr kuni tibbiyot xodimlari dalada paxta terayotgani sababli, to‘lg‘oq bilan «Tez yordam»da G‘uzor tug‘ruqxonasiga olib kelingan 21 yashar ayolga qariyb bir sutka hech qanday tibbiy yordam ko‘rsatilmagani bois uning chaqalog‘i olamdan o‘tgan.

11 sentyabr kuni esa Andijon viloyatida majburiy paxta terimiga jalb etilgan Universitet talabasi Komiljon Azimov halok bo‘lgan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
19 yanvar 2022
(Rassom Tuz hikoyalari. Davomi. Boshi o‘tkan sonda) «Tarmoqdan uzilgan eski uy telefoni qanday jiringlaydi? Menga shunday tuyulgan bo‘lsa kerak. ...
22 aprel 2019
Ukraina saylovida shoumen Zelenskiyning g‘olib chiqqani o‘zbek hajvchisi va telegram blogeri Nozim Safarini o‘z kanalida «prezidentlik saylovchasi» o‘tkazishga undadi. ...
12 noyabr 2015
Pahlavon Sodiq Bi bi si 1999 yil kuzida Oliy Sudda Toshkent portlashlari yuzasidan sud majlislaridan biriga Murod Jo‘raevni qo‘llarida ...
27 aprel 2021
Botir Zokirov 1936 yil 26 aprel kuni opera tenori Karim Zokirov oilasida tug‘ildi. Toshkentdagi o‘rta maktabni tamomlagach, Toshkent davlat ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...