Temur Karpov, Yelena Urlaeva va frantsuzlar qo‘yib yuborildi (video)
So‘nggi olingan xabarga ko‘ra bir necha soat burun o‘zbek mirshablari ikki nafar frantsuzni qo‘yib yuborishgan.
Keyin huquq himoyachisi Yelena Urlaeva, hammadan keyin Temur Karpov qo‘yib yuborilgan.
O‘zbekiston huquq himoya alyansi (O‘HA) raxbari Yelena Urlaevani militsiya bo‘limida mirshablar qattiq kaltaklashgani ma'lum.
Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanidagi majburiy paxta terimi yuzasidan monitoring chog‘i Yelena Urlaevaga hamroh bo‘lgan va ertalabdan militsiya bo‘limining alohida xonasida saqlangan Temur Karpovning qismati ne kechgani esa hozircha noma'lum.
Yelena Urlaevaga qarshi shallaqi ayollarni tashlashgan, uning so‘zlariga ko‘ra bu ayollar uning sochlarini yulishgan, telefoni va boshqa buyumlarini tortib olishgan.
Temur Karpovning onasi Umida Ahmedova so‘nggi soatda o‘g‘lining qo‘yib yuborilgani, u bilan hozirgina dadasi Oleg Karpov telefonda gaplashganini aytdi.
«Hali Temurning o‘zi bilan gaplashganim yo‘q, frantsuzlarga tarjimon edi, bechoralar shokka tushib qolgan bo‘lishsa kerak», deydi Umida Ahmedova
O‘g‘li Temur Karpovning yo‘lda ekanini eltuz.com muxbiriga bildirgan, Umida Ahmedova o‘g‘lining o‘zbek militsiyasi qaramog‘idagi shallaqi ayollarga talatilmaganidan umid qiladi.
«Qarang, uka, bu ahmoklar bir necha soatda O‘zbeksitonning obro‘sini to‘kib bo‘lishdi! Frantsiya TIV, elchixona, matbuot hammasini kuzatib turibdi» dedi u.
Eslatib o‘tamiz, 6 oktyabr kuni ertalab militsiya xodimlari fotograf Temur Karpov bilan birga Toshkent viloyatining Bo‘ka tumani paxta dalasida,ikki nafar frantsuz va taniqli huquq himoyachisi Yelena Urlaeva ham ushlagan va ular yarim kechagacha ushlab turilgan edi.
Eltuz.som