ART-DURBIN
3 noyabr 2016

Robert Grabbe qaychisidan chiqqan Turkiston albomi

1991 yili Qarag‘andada olamdan o‘tgan rassom Robert Grabbe 1903 yilda Novorossiyskdan Odessaga qarab suzayotgan kema ichida tug‘ilgan edi.

3Firibgaru qartabozlar bilan to‘la Odessani hayratga solish qiyin. Ammo Robert qo‘liga qaychi olib qog‘ozdan siluetlar kesganida odessaning mana-men degan og‘alari ham hayron qolishgan.

Robert Odessa oydinlari Yuriy Olesh, Eduard Bagritskiy, Valentin Kataevlar bilan oshno bo‘ldi.

41925 yilda Robert Grabbe bir gurux rassomu yozuvchilar bilan birga Leningradga yo‘l oldi.

Badiiy akademiyada o‘qish jarayonida Robert Grabbet siluet yaratish, guash va kitob grafikasi bo‘yicha komil malaka oldi.

1930 yildan boshlab Grabbe Moskvadagi nashriyotlar va jaridalar uchun ijod qila boshladi.

Aynan shu davrda Grabbe kitob grafikasida yangilik bo‘lgan qog‘ozdan siluet kesish texnikasidan unumli foydalandi.

5Grabbe o‘z bezaklarining hassos stil va aniq liniyalarga ega bo‘lishi uchun chandon tirishardi.

U o‘z siluetlarining rangtasvirga yaqin bo‘lishini istagan edi.

Darvoqe aynan Grabbe professional rassomlar ichida rangli qog‘ozlardan siluet kesaroq asar yaratgan ilk musavvir edi.

7Grabbe ta'biriga ko‘ra,“oldin kontur keyin esa toza rangli, soya-detallardan mosuvo plastik forma yaratar” edi.

(Buyuk rassom Anri Matiss bu texnikaga umrining oxirida kirishgan edi. Mo‘yqalamni qaychiga almashgan rassom “qaychi bilan kesaroq rang ichiga kirib boraman” deya ta'kidlagan edi rassom.)

O‘ttizinchi yillarda Grabbe ko‘plab kitoblarni qog‘ozdan kesilgan siluetlar vositasida bezadi.
Grabbedan oldin qog‘ozdan siluet kesish kurortlardagi havaskor rassomlarning tirikchiligi edi.

Grabbe bu uslubni san'at martabasiga eltishni orzuladi. Grafikadagi ofort, ksilografiya va litografiya kabi vositalar yonida qaychi bilan siluet kesish texnikasi ham bo‘lishini istadi rassom.8

Keyinchalik Robert Andreevich “San'at dunyosi” (Mir iskusstv) uyushmasiga kirgan rassomlarga nisbatan dushmanlarcha munosabatni alam bilan eslagan edi. Sotsialistik realizm darg‘alari nazarida siluet san'at emas edi.

Formalizmda ayblangan Grabbe ishsiz qoldi. Faqat ko‘ngil hushi uchun qo‘liga qaychi olib shakllar qirqdi.

Urushdan keyin Sovet mafkura og‘alari formalistlarga qarshi muxoraba boshlashdi.

Qamalib ketishdan qo‘rqqan rassom 1950 yilda boshini olib Qarag‘andaga ko‘chib ketdi.

6Ko‘mir konida maket yasaydigan rassom bo‘lib ishladi.

O‘tgan asrning yetmishinchi yillarida qog‘ozdan shakl qirqish san'atiga e'tibor paydo bo‘lar ekan Grabbeni eslashdi.

Grabbe unikal rassom sifatida TV dasturlarga mehmon bo‘ldi.

E'tibordan ilxomlangan Grabbe qo‘liga qaychi olib tuya va naqshlar tarzidagi ajabtovur shakllarni rangli qog‘ozlardan qirqa boshladi.9

Robert Andreevich yoshlik paytida sharqqa talpindi. Ming bir kecha ertaklari, tuya va o‘tovlar dunyosi bo‘lgan sharqning inja dunyosiga maftun edi rassom.

U hali VXUTYeINda o‘qib yurgan paytlaridayoq Markaziy Osiyoga ko‘p marta safar qilib mintaqaning tabiati, maishiy va madaniy hayotini o‘rgandi.
Aynan o‘sha paytda Grabbe sharq mavzusidagi kitoblarni bezadi.

Ëzuvchi Amir Sargidjan qalamiga mansub “Poslednyaya Buxara” va “Yegiptyanin” kitoblari Grabbe tarafidan siluet texnikasida bezaldi.

(Amir Sargidjan taxallusi bilan 1941 yilda O‘zbekistonda yashagan yozuvchi Sergey Petrovich Borodin (1902 -1974) ijod qilgan)

Bu kitob illyustratsiyasida sharqona kolorit yonida Markaziy Osiyoni yaxshi bilgan rassom fitrati ham bilinib turar edi.

Qozog‘istonda yashagan rassom Cho‘qon Valixonov va Omongeldi potretlarini ishladi.

10

Umr adog‘ida rassom kasalligiga qaramasdan “O‘rta Osiyo”, “Turkiston” kabi rangli siluetlardan tarkib topgan albomlarni yaratib qoldirdi.

Foto: Domodedova tarixiy-badiiy muzeyi kollektsiyasidan, shuningdek RGB fondida saqlanayotgan kitobiy bezaklardan olindi.

Akmal Rizaev

O‘zbekistonlik muallif tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
18 oktyabr 2022
O‘zbekiston «Erk» Demokratik partiyasi lideri bilan bilan qilingan suhbat 2018 yil yozilib, ba'zi sabablarga ko‘ra e'lon qilinmagan edi. Eltuz ...
24 mart 2016
“Adolat” gazetasi internet madaniyati va axborot xavfsizligi masalalariga bag‘ishlab Samarqand davlat chet tillar institutida bo‘lib o‘tgan tadbir haqida xabar ...
30 mart 2017
«Oila va jamiyat» gazetasini (29.03) varaqlar ekansiz, undagi maqolalarda bugungi o‘zbek jamiyatining ancha og‘riqli muammolari tilga olinganiga guvoh bo‘lasiz. ...
26 may 2021
26 may kuni soat 11.00 atrofida 20 chog‘li shallaqi erkak va ayol Toshkentda Jahongir Otajonovning «erkchi»lar uchrashuvi rejalangan xonadoniga ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...