yakshanba,
8 dekabr 2024
24 noyabr 2016
Tezkor xabar: Samandar Qo‘qonov ozod!
72 yoshli siyosiy mahkum Samandar Qo‘qonovning yaqinlaridan bugun Eltuz.comga yetib kelgan xabarga ko‘ra oxirgi sud ajrimi bekor qilingan, uning yaqinlariga zonadan telefon qilib «otangizni olib keting!» deyishgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘zbek turmasida 23 yilu 4 oy qolgan Samandar Qo‘qonov ozod etilishiga bir necha kun qolganida 27 oktyabr kuni unga 4 yil qo‘shimcha jazo muddati belgilangani haqida sud ajrimi chiqarilgan edi
O‘zbekiston Oliy kengashi deputati, «Erk» Demokratik partiyasi a'zosi va Chinoz neftni qayta ishlash korxonasi sobiq boshlig‘i bo‘lgan Samandar Qo‘qonovga berilgan so‘nggi qamoq jazosi 6 oktyabr kuni to‘liq tugagan edi va u shu kungacha O‘zbekiston tarixida qamoqda eng uzoq qolgan siyosiy mahkumdir.
Eltuz.com