Asosiy mavzular
30 noyabr 2016

Gulnora Karimovani Ozodbek Nazarbekov qamatganmi?

26 minut davom etgan BBS o‘zbek xizmati muxbiri Ibrat Cafo bilan suhbati chog‘ida kichik Islom Karimov shuningdek onasi Gulnora Karimova, uning atrofidagi shaxslar va uning qarindoshlariga oid ayrim sir sinoatlarni fosh etadi.

Unga ko‘ra, Gulnoraga qo‘yilgan ayblovlardan biri uning xonanda Ozodbek Nazarbekovdan go‘yoki 20 ming dollar tovlamachilik qilgani bo‘lgan.

«Bu kulguli. Yirik miqdordagi ishlarga aralashgan odam qanday qilib bunday kichik pulni talab qilsin? Yo unisi yo bunisi bo‘lishi kerak. Agar oyim shuncha katta pullar olgan bo‘lsa, u Ozodbek Nazarbekovdan ham so‘rab o‘zini shu holga soladimi?», deydi u.

Gulnora Karimovaning «zaharlanib o‘ldirilganligidan» tortib, to shu kunlarda «ilk bor jamoat oldida bayonot bilan chiqishi»ga qadar xabarlar va ovozalarga ilk bor oydinlik kiritarkan Karimovning nabirasi oyisi nomidan ochilgan feyk akkauntlarga doir mish-mishlarni ham, jumladan 30-noyabr kuni go‘yo uning xalq oldiga chiqishi haqidagi gaplarni ham rad etadi.

«Hozir ham uyda saqlanyapti. Yahyo G‘ulomov ko‘chasidagi uyida uni hibs boshidanoq ushlab turishibdi. U xorijga uchib ketgani yoki shahar bo‘ylab yurgani haqidagi mishmishlar yolg‘on» deydi u.

Gulnoraning «How Dare» (Bu ne jur'at?) deya atalgan klipi, go‘yo uning bugun kechirayotgan kunlari aksi kabi…

Tag‘in o‘qing
15 oktyabr 2021
Aziz va muhtaram do‘sti yoronlarim, aytganlarimni ko‘zdan emas, yurakdan kechirayotganingiz uchun mutashakkurman. Va'zlar o‘ta  jiddiy bo‘lib ketgani uchun sizdan ...
22 fevral 2018
Dunyoda eng uzoq muddat qamoqda bo‘lgan jurnalist, 64 yoshli Muhammad Bekjon 22 fevral kuni o‘zining feysbuk sahifasida shunday yozuv ...
19 mart 2019
Mayli, boshlab qo‘ydim endi, men ham xaypni davom ettiray. Qozoqlarda urug‘chilik tizimi bugungi kunga qadar yaxshi saqlanib qolgan. Urug‘ ...
1 aprel 2019
Bugun xoh smartfon, kompyuter yoki planshet bo‘lsin, ularning eng mukammali va ishonchlisi sanalgan Apple sohiblari 40 yil muqaddam unga ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...