Asosiy mavzular
21 fevral 2021

Berdimuhamedovning qarindoshini musobaqada yenggan o‘zbek o‘ldirildi

Turkmanistonda 14 yoshli dzyudochi Sulaymon Tursunboev jangda prezidentning qarindoshiga “yutqazib berish”dan bosh tortgani uchun o‘ldirildi. Fojea fevral oyining boshlarida sodir bo‘lgan, ammo bu haqda shu kunlarda ma'lum bo‘ldi.

Dzyudo turnirida Sulaymon Tursunboev o‘z raqibi – Turkmaniston Ichki ishlar vazirligining yosh kursantiga taslim bo‘lish taklifini oldi. Sulaymon rad etdi hamda nafaqat shu bellashuvda, balki butun turnirda g‘alaba qozondi.

Shundan so‘ng darhol o‘spirinni noma'lum shaxslar o‘g‘irlab ketishdi. Bola qattiq kaltaklandi va ko‘chada chala o‘lik holda topildi. Yon-atrofdagilar unga tez yordam chaqirishdi. Og‘ir ahvoldagi o‘smir 500 chaqirim masofadagi Ko‘hna Urganch tumani kasalxonasiga yetkazildi va bir necha kundan so‘ng o‘sha yerda o‘ldi.

Taniqli turkman faoli Sulton Ochilova videomurojaat yozib, unda prezident Gurbanguli Berdimuhamedovni aybdorlarni topish va jazolashga chaqirdi. Ammo bu amalga oshishi ehtimoldan yiroq.

Gap shundaki, Sulaymon jangda yutqazib berishi kerak bo‘lgan sirli kursant joriy prezidentning o‘g‘li Sardor Berdimuhamedovning xotiniga qarindosh bo‘lib chiqdi.

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bir hafta oldin o‘g‘li Sardorni o‘ziga o‘rinbosar va mamlakat Oliy nazorat palatasiga rais etib tayinlagan edi.

O‘ldirilgan Tursunboev Turkmanistonning asosiy yerli aholisi bo‘lgan o‘abeklar vakilidir. Turkmanistondagi o‘zbeklar soni haqida rasmiy ma'lumot yo‘q, ammo ularning soni mamlakat aholisining 10 foizmga yaqin ekani aytiladi. Bu ko‘rsatkich Qirg‘iziston va Tojikistonda 15 foizni tashkil qiladi.

1991 yilda Sovet Ittifoqi qulashi ortidan Turkmanistondagi o‘zbek gazeta-jurnallarini chop qilish to‘xtatilgan¸ maktablarda o‘zbek tilida dars berish bekor qilingan edi. Turkmanistondagi o‘zbeklar vakili “Eltuz” muxbiri bilan suhbatda o‘zlarini kamsitilgan deb bilishini aytgan edi.

Markaziy Osiyodagi aholisi eng ko‘p bo‘lgan O‘zbekiston qo‘shni davlatlardagi birodarlari bilan yaqin aloqa o‘rnatib, ularning tarafini olishi haqidagi xavotirlarga qaramay, rasmiy Toshkent tashqaridagi o‘zbeklar muammolarini inkor etib kelishi kuzatiladi.

Tag‘in o‘qing
14 sentyabr 2020
Koronavirus xabarlari berib boriladigan telegram kanalida 11 sentbyar soat 17:00 da bunday xabar berildi: Respublikada so‘nggi soatlarda 233 kishida ...
16 mart 2020
Joriy yilning 16 martiga kelib O‘zbekistonda rasman qayd etilgan koronavirus (COVID-19)ni yuqtirganlar soni, kunning birinchi yarmida olingan ma'lumotga ko‘ra, ...
9 noyabr 2017
Ma'lum bo‘lishicha, o‘tgan yakshanba kuni Toshkentdagi bir qancha shifoxonayu poliklinikalar xodimlari Sergelida yangi qurilayotgan uylar oldini tozalash, ularni tartibga ...
15 mart 2018
Toshkentda 15 mart kuni Bobomurod Abdullaev va yana uch sudlanuvchi ustidan davom etgan sud jarayonida tergovdagi qiynoqlarga doir ekspertiza ...
Bloglar
13 aprel 2021
«Eltuz» kanalida o‘zining “Nyu-Yorkdan nazar” videoblogini yuritayotgan 70 yoshli qishloq xo‘jaligi mutaxassisi Ismoil Ospanov e'tiborni ...
11 aprel 2021
«From Me to You» (Mendan senga) — Lennon va Makkartni dueti ijro qilgan zarif bir ...
8 aprel 2021
2010 yil 7 aprel kuni o‘z qarorlari bilan oziq-ovqat va kommunal xizmatlar uchun narx-navoni mislsiz ...