Asosiy mavzular
1 dekabr 2016

Otamurodov: Biz hech kimning madaniyatiga muhtoj emasmiz!

«Milliy tiklanish» gazetasi (30.11) shu nomdagi partiyadan O‘zbekiston prezidentligiga nomzod etib ko‘rsatilgan Sarvar Otamurodovning saylovoldi uchrashuvlari yakuniga bag‘ishlangan kattagina intervyu-maqolani chop etdi.

Intervyuni S.Otamurodov saylovoldi uchrashuvlarida «odamlarning yuzu ko‘zida o‘z hayoti va turmushidan, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlardan mamnun ekani yaqqol sezilib turgani, eng muhimi, xalqimiz ertangi kuniga ishonch va katta umidlar bilan qarayotgani» haqidagi balanparvoz so‘zlar bilan boshlagan.

Muxbir nomzoddan nega uning dasturida ma'naviy-ma'rifiy soha birinchi o‘ringa qo‘yilgani to‘g‘risida so‘raganda u hozir o‘zbek matbuoti og‘zidan tushmayotgan quyidagi umumiy so‘zlar bilan javob bergan: «G‘oyaviy kurash va mafkuraviy tahdidlar kuchayib borayotgan hozirgi bir sharoitda biz o‘zimizni, xalqimizni himoya qila oladigan mafkuraviy immunitetni yanada kuchaytirib, millatning o‘ziga xosligini, boy madaniy va tarixiy merosimizni, qadriyat va an'analarimizni ko‘z qorachig‘idek asrab, uning hayotimiz a'moliga aylantirish muqaddas burchimizdir».

Nomzod bu masalada «biz hech kimning yetoviga, «madaniyati», «zamonaviy an'anasi»ga muhtoj emasligimiz»ni eslatib o‘tgan.

Muxbirning savol ohangidagi keyingi so‘zlari nomzod bilan uchrashgan xalq aslida uning ma'naviy-ma'rifiy mavzudagi safsatalariga bee'tibor bo‘lganini oshkor etib qo‘yadi.

«Saylovchilar bilan uchrashuvlarda sizga berilayotgan savollarni tahlil qilar ekanmiz, ularning aksariyati iqtisodiy va ijtimoiy masala va muammolarga qaratilganiga guvoh bo‘lamiz», deydi muxbir.

Bu ta'kidning o‘ziyoq xalq qandaydir havoyi gap-so‘zlardan emas, balki qornini to‘ydiradigan, ustini but qiladigan masalalardan manfaatdor ekanini ko‘rsatadi.

Bahodir Sharif
O‘zbekistonlik gazetxon tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
23 fevral 2020
O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 2019 yilgi paxta yig‘im-terimi davrida majburiy mehnatdan foydalanishga yo‘l qo‘yganligi tufayli ma'muriy javobgarlikka ...
10 oktyabr 2024
Yuksalish maktabining gender ayirmachilikka asoslangan boshqaruvi haqidagi maqolaga o‘quvchilar ikki xil munosabat bildirdi. Bir suruv o‘quvchilar bu tuxmat deb ...
9 noyabr 2019
Hayotimizni qiyinlashtirayotgan narsalarning ko‘pi miyamizda joylashgan. Miyamizdagi vasvasa qurti bois qurbimiz yetmasa ham qarz havola to‘y qilamiz. Ayni vasvasa ...
27 dekabr 2019
«Sovg‘ang boshingdan qolsin. Kitobdan ham sovg‘a bo‘ladimi? Bir million rubl ber, bitta kottej ham ber!!!» Kechgan yilda rossiyalik milliarder ...
Bloglar
18 iyun 2025
«O‘zbekcha fikrlash»ni musorga otvormasak dunyoga razil bo‘lishda davom etamiz.Nima o‘zi «O‘zbekcha fikrlash»?Masalan O‘zbekiston qonunida «jins ...
16 iyun 2025
Teatr zamon yuziga ko‘zgu tutishi kerak. Lekin o‘zbek teatri buni eplay olmayapti. Drama yozadigan birorta ...
9 iyun 2025
Qadimgi turk bitiklari qisqa va chuqur ma'noli bo‘lgan. «Tashingdan barcha kishi kabi ko‘rin. Iching go‘zal ...