Asosiy mavzular
1 dekabr 2016

Otamurodov: Biz hech kimning madaniyatiga muhtoj emasmiz!

«Milliy tiklanish» gazetasi (30.11) shu nomdagi partiyadan O‘zbekiston prezidentligiga nomzod etib ko‘rsatilgan Sarvar Otamurodovning saylovoldi uchrashuvlari yakuniga bag‘ishlangan kattagina intervyu-maqolani chop etdi.

Intervyuni S.Otamurodov saylovoldi uchrashuvlarida «odamlarning yuzu ko‘zida o‘z hayoti va turmushidan, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlardan mamnun ekani yaqqol sezilib turgani, eng muhimi, xalqimiz ertangi kuniga ishonch va katta umidlar bilan qarayotgani» haqidagi balanparvoz so‘zlar bilan boshlagan.

Muxbir nomzoddan nega uning dasturida ma'naviy-ma'rifiy soha birinchi o‘ringa qo‘yilgani to‘g‘risida so‘raganda u hozir o‘zbek matbuoti og‘zidan tushmayotgan quyidagi umumiy so‘zlar bilan javob bergan: «G‘oyaviy kurash va mafkuraviy tahdidlar kuchayib borayotgan hozirgi bir sharoitda biz o‘zimizni, xalqimizni himoya qila oladigan mafkuraviy immunitetni yanada kuchaytirib, millatning o‘ziga xosligini, boy madaniy va tarixiy merosimizni, qadriyat va an'analarimizni ko‘z qorachig‘idek asrab, uning hayotimiz a'moliga aylantirish muqaddas burchimizdir».

Nomzod bu masalada «biz hech kimning yetoviga, «madaniyati», «zamonaviy an'anasi»ga muhtoj emasligimiz»ni eslatib o‘tgan.

Muxbirning savol ohangidagi keyingi so‘zlari nomzod bilan uchrashgan xalq aslida uning ma'naviy-ma'rifiy mavzudagi safsatalariga bee'tibor bo‘lganini oshkor etib qo‘yadi.

«Saylovchilar bilan uchrashuvlarda sizga berilayotgan savollarni tahlil qilar ekanmiz, ularning aksariyati iqtisodiy va ijtimoiy masala va muammolarga qaratilganiga guvoh bo‘lamiz», deydi muxbir.

Bu ta'kidning o‘ziyoq xalq qandaydir havoyi gap-so‘zlardan emas, balki qornini to‘ydiradigan, ustini but qiladigan masalalardan manfaatdor ekanini ko‘rsatadi.

Bahodir Sharif
O‘zbekistonlik gazetxon tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
19 sentyabr 2017
18 sentyabr kuni Toshkent markazidagi Navoiy nomidagi Milliy bog‘ni buzish va qurilishga hozirlash ishlari boshlandi. Vazirlar Mahkamasining 2017 yil ...
18 fevral 2020
Joriy yilning 17 fevral kuni prezident Mirziyoev rossiyalik xokkeychilar Valeriy Kamenskiy, Aleksandr Yakushev, Vitaliy Proxorov va Aleksey Jamnovga Toshkent ...
20 aprel 2018
An'anaviy taksiga muqobil, oddiy kirakashlarga boyish imkonini beradigan Uber taksi xizmati shu kungacha dunyodagi minglab o‘zbeklarni badavlat qildi. Shu ...
21 sentyabr 2020
O‘zbekistonda paxta yig‘im-terimi mavsumi boshlandi. Shu sababli har yili bo‘lganidek, joriy yilda ham aholi orasida ushbu mavzu dolzarb bo‘lishi tabiiy. ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...