Asosiy mavzular
29 dekabr 2016

O‘zbekistonda Eltuzdan boshqa muxolif saytlar bir ochib yopildi

28 dekabr kuni kechqurun, O‘zbekistonda ochilmayotgan Farg‘ona.ru, Ozodlik, Amerika ovozi, Bi Bi Si, O‘zbekiston xalq harakati kabi saytlardan to‘siq olib tashlandi. Biroq kelasi kuni bu saytlar tag‘in mahalliy provayderlar tomonidan to‘sib qo‘yildi.

Ayni paytda Eltuz sayti bu jarayon davomida to‘silganicha qoldi.

«Eltuz saytiga qo‘yilgan to‘siqning olinmagani ehtimol unda aks etgan achchiq satira bilan bog‘liqdir, ularni kalaka qilishlaringiz yoqmayotgandir», dedi Eltuzning doimiy muxlislaridan biri.

29 dekabr kuni o‘zbekistonlik jurnalist Aleksey Voloseevich: «Tamom, hursandchilik tugadi, hammasini tag‘in bloklab qo‘yishdi», deya bildirdi.

Mustaqil saytlardan to‘siqlarning olib tashlanishi vaqti-vaqti bilan yuz bermoqda.

Garchi to‘siqlar olib tashlanishining haqiqiy sababi noma'lum qolayotgan bo‘lsada, ijtimoiy guruhlarda, bu voqeani o‘zbek internet foydalanuvchilari orasida mustaqil medianing ommaviyligini o‘rganish bilan bog‘liq tadbir ekani haqida fikrlar bor.

O‘zbek hukumati esa tsenzura ostidagi saytlarning to‘sib qo‘yilganini inkor etadi.

13 dekabr kuni Venada o‘tgan Yevropada havfsizlik va hamkorlik tashkiloti anjumanida O‘zbekiston parlamentining axborot bo‘yicha qo‘mitasi raisi Ilhom Abdullaev shunday dedi:

«O‘zbekiston respublikasida hech bir sayt to‘sib qo‘yilmaydi. Axborot olish bilan bog‘liq qandaydir harakat yoki qaror yuz beradigan bo‘lsa, bu faqat amaldagi qonunchilik, sudlarning tegishli qarori asosida amalga oshadi».

Bu iddao hech bir asosga ega emas, chunki mustaqil saytlarga to‘siq qo‘yish uchun hech qanday sudlarning qarori yo‘q.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
16 noyabr 2016
O‘zbekistonlik 31 yashar yigit firibgarlikda ayblanib AQSh tarafidan xalqaro qidiruvga berildi. 2000 yilda Green Card yutib AQShda istiqomat qila ...
29 aprel 2018
2006 yil 29 aprel kuni ertalab 27 yashar huquq faoli A'zam Farmonov taksida viloyat kasalxonasi tomon ketayotganida uchta militsiya ...
18 aprel 2020
Mana, azizlar, qatordan xato bo‘lmay, yana siz bilan yuzlashganimdan baxtliman. Holbuki, bu kunlarga yetganlar bor, yetmaganlar bor.  Bugun odamlar ...
17 iyun 2016
Bugungi o‘zbek gazetalari mamlakat prezidenti Karimov tomonidan mustaqillikning bosh g‘oyasi deya belgilab berilgan shiorni muttasil chaynashga majbur. Lekin har ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...