Asosiy mavzular
10 yanvar 2017

Istanbulda qirg‘in buyrug‘i berganlikda gumonlanilgan shaxs qo‘lga olindi

Reina tungi klubini qonga belagan va 39 kishini qatl qilgan xujumchiga qatl buyrug‘ini berganlikda gumonlangan Ilyos Mamasharipov qo‘lga olindi

Qatlni ijro qilgan va o‘zbekligi aytilayotgan Abduqodir Masharipov (kod ismi Abu Muhammad Xurosoniy) o‘zi tushgan taksichining telefonidan IShID ning Istanbuldagi amiri Xo‘ja Aka va uning yordamchisi Ilyos Mamasharipov (kod ismi Tojikistonli Yusuf) ga qo‘ng‘iroq qilgan.

Bu haqda SABAH gazetasi muxbiri o‘z manbalariga tayanib yozdi. Muxbir terrorchini tashigan 34 TJT 14 davlat raqamli taksi haydovchisining gaplarini ham maqolaga ilova qilgan:

“Turkchani aktsent bilan yomon gapirardi. Qo‘l telefonimni so‘rab bir-ikki yerga telefon qildi. Arabcha gaplar aralash bir tilda gapirdi. Suhbat tugagach telefonimni berdi. Tungi klubga 300 metrcha qolganida pulini to‘lab tushib qoldi” deya taksichidan iqtibos keltiriladi maqolada.

Asnoda politsiya taksichining telefonini tekshirib muhtamal terrorchining IShIDning Istanbul amiri deya bilinadigan, qozog‘istonda tug‘ilgan Xo‘ja Aka laqabli kishi hamda uning yordamchisi Tojikistonlik Yusuf kod ismli Ilyos Mamasharipov suhbatlashganini aniqladi.

Iddao qilinishicha “qirg‘in qilish” buyrug‘ini Ilyos Mamasharipov bergan.

Eltuz.comga ma'lum bo‘lishicha Mamasharipov doxil 20 ga yaqin kishi qo‘lga olingan.

Turkiya xavfsizlik xizmatlari Istanbulning Markaziy Osiyo mamlakatlari fuqarolari va uyg‘urlar yashaydigan mavzesida bir nechta chet ellikni qo‘lga olishgani aytilmoqda.

Qorbobo e'tirofi

Yangi yil oqshomi Istanbulning tungi klublaridan biriga qilingan hujum paytida qorbobo kiyimida bo‘lgan artist turk matbuotiga gapirdi.

Bu qorbobo avvaliga qotilning sherigi deya gumon ostida qolgan edi.

Keyingi yillarda Turkiyada sodir etilayotgan zo‘ravonlikliklar ichida eng qaqshatqichlaridan biri bo‘lgani aytiladigan Reina qirg‘inini qorbobo kiyimida kuzatgan Seljuqning aytishicha, voqea birdan sodir bo‘lgan:

“Soat 01.15 atrofi. «Taq Taq!» degan sas keldi. Shampanskiy ochishdi deb o‘yladim. Birdan odamlar dahshatga tushib qocha boshladi. Odamlarga qarata sokin bo‘ling, o‘zingizni bosing deb baqirdim. Oshxonaga kirib yashirindik. Oshxona eshigi oldiga sudralib kelgan yarador ayolni ichkari olib eshikni tambaladik. Keyin politsiya kelib bizni qutqardi”, deydi “qorbobo”.

Abduqodir Masharipovning o‘lik tirigidan habar yo‘q

«Hurriyat» va boshqa turk gazetalarining yozishicha, qotil “Abu Muhammad Xurosoniy” kod ismi bilan harakat qilgan o‘zbek millatiga mansub Abduqodir Masharipov hanuz topilmagan.

Turkiya istixboratining matbuotga sizdirgan habariga ko‘ra Abduqodir Masharipov o‘ldirilgan.

Ammo, boshqa manbalar buni rad qilmoqda. Manbalarga ko‘ra, Masharipov IShIDning o‘zbek xujrasi qo‘llovida yashirinib yurmoqda.

Turk matbuotida yozilishicha, IShIDning o‘zbek hujralaridan birida ta'limot olgan Masharipov 15 dekabr kuni Turkiyaning Ko‘nya shahridan Istanbulga kelgan.

Ma'lum bo‘lishicha qatliomda qo‘llanilgan qurollar IShIDning o‘zbek xujrasining boshqa faollari tarafidan Istambulga keltirilgan. Iddaoga ko‘ra ayni faollar Masharipovning hujum uyushtirgani ortidan logistik qo‘llovni muntazam amalga oshirishgan.

IShID archaga qarshi

IShID ekstremistik guruhi yangi yil kechasi Istanbulda 39 kishi o‘ldirilgan tungi klubga hujum uchun mas'uliyatni o‘z zimmasiga oldi.

Guruh nomidan e'lon qilingan bayonotda aytilishicha, «xalifalik askari nasroniylar bid'at bayramni qutlayotgan klubga hujumni amalga oshirgan».

Istanbuldagi Reina tungi klubidagi hujumda 39 kishi halok bo‘lgan, 69 odam yaralangan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
7 avgust 2020
Qishga tayyorgarlik. Pomidor va qalampirni o‘zim yetishtirib, quritib, ipga o‘tkazib devorga ildim. Ko‘o‘p bonkayam berkitganmiz. Kompotlarim ham yetarli. Ozroq ...
11 aprel 2017
Mart oyining oxirlarida rus tilida chiqadigan Uzmetronom sayti «ishonchlik manbalari»dan iqtibos qilib, O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiatsiyasi ...
22 iyun 2020
1989 yilning may-iyun oylarida O‘zbekistonning Farg‘ona viloyatidagi mahalliy o‘zbeklar bilan yuz bergan etnik to‘qnashuvlar davomida mesxeti turklarining uylari vayron ...
21 may 2017
Turkiyaning Istanbul shahri Fotih tumani Qumqopi mahallasida 35 yashar O‘zbekiston vatandoshi Dildora Inomovani o‘ldirib jasadini musorga tashlagan muhtamal qotil ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...