Asosiy mavzular
16 aprel 2017

Abduraxim Po‘latov: Erdo‘g‘on g‘alaba qilsa Turkiya parchalanadi

Muholifatdagi “Birlik” partiyasi lideri, hozir AQShda yashayotgan Abdurahim Po‘latov Turkiya vatandoshlariga murojaat qilib, yakshanba kuni Turkiyada prezident vakolatini uzaytirish masalasida o‘tkazilgan referendumda Konstitutsiyadagi o‘zgartirishlarga qarshi ovoz berishga chaqirdi.

O‘zining feysbukdagi sahifasida 72 yashar muxolifatchi Po‘latov 16 aprel kuni Turkiyada bo‘layotgan referendumni “davlatni islomiylashtirishga yo‘l ochish maqsadidagi xatarli tadbir” deya atadi.

«Referendumda Rajab Erdo‘g‘on tarafdorlari, to‘g‘rirog‘i, islomchilar g‘alaba qozonsa, Turkiya islomlashish yo‘lidan ketishni jadallashtirib, tezda to‘la islomiy davlatga aylanishi, bu narsa butun dunyoni ostin-ustin qilib yuborishi muqarrar, natijada Turkiya parchalanib ketishi aniq», deya ta'kidlaydi “Birlik” Partiyasi lideri Abdurahim Po‘latov.

Turkiyadagi referedumda o‘zgartirishlarga “Ha” deydiganlar g‘olib chiqsa, hammaga yomon bo‘lishi haqida ogohlantirgan Po‘latov referendum natijalari qanday bo‘lishidan qat'iy nazar Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Turkiya istiqboli uchun xatarli shaxs bo‘lib qolaverishiga e'tibor qaratdi:

«Shuni ham tushunamanki, bugun referendumda islomchilar yutqazsalar ham, Rajab Erdo‘g‘on o‘z niyatidan qaytmaydi. U hozir Turkiyada o‘z diktatorligini o‘rnatib bo‘ldi, demak, mavjud Konstitutsiyaga tupurib bo‘lsa ham, Turkiyani islomiy davlat deb e'lon qilish yo‘lida ish olib boraveradi. Mening maqsadim, birinchi navbatda, turkiy davlatlarning raxbarlari, qolaversa, butun G‘arb Rajab Erdo‘g‘onning rejalariga ochiqdan-ochiq qarshi chiqishi, kerak bo‘lsa, uni bu rejealardan voz kechishga zo‘rlash yo‘liga o‘tishlariga erishishdir.

Aks holda, Turkiya parchalanib ketadi, Turk Dunyosi tushunchasi o‘ladi, Markaziy Osiyo davlatlari Xitoyning vassallariga aylanadilar», deya ta'kidlaydi o‘z murojaatida Abdurahim Po‘latov.

Turkiyada Prezidentlik vakolatlarini kengaytirish borasida xalq referendumi bo‘lib o‘tmoqda.

Ovoz beruvchilar Rajab Toyib Erdo‘g‘ondan boshlab kelajak prezidentlarga yangi vakolat berish-bermaslikni hal qilishadi.

Erdo‘g‘on boshchiligidagi Adolat va Taraqqiyot partiyasi Turkiyaning parlamentar boshqaruvini Prezident boshqaruviga o‘zgartirishni istashadi.

Referendumda «Ha» deb javob berish Erdo‘g‘onning 2029 yilgacha hokimiyatda qolishiga sharoit yaratishi ham mumkin.

Rasm muallifi taniqli turk rassomi Ergin Asyoli
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
29 sentyabr 2023
RT: Yashash soatining oltin kapgiri  Har borib kelishi bir olam zamon.  Koinot shu damda o‘z kurrasidan  Yasab chiqa olur ...
27 noyabr 2017
Bosh prokuratura huzuridagi departament «Sharshara» savdo belgisi ostidagi kolbasalar eshak go‘shti qo‘shilgan holda savdoga chiqarilishining oldini olganini ma'lum qildi. ...
9 oktyabr 2018
Ukraina xavfsizlik xizmati (UXX) Rossiya harbiy razvedkasining 206 nafar shtatsiz jangarisi ro‘yxatini ochiqladi. Ular «Vagner» deya atalmish guruh a'zolari ...
10 may 2019
Rassom Tuz
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...