Asosiy mavzular
20 aprel 2017

Toshkent hokimlari nega almashdi?

18-19 aprel kunlari Toshkent shahar hokimlarining yarmidan ko‘pi almashgani sabablarini tahlil qilgan Kun.uz nashri eng avvalo buni aholidan tushayotgan shikoyatlar bilan bog‘laydi.

So‘nggi ikki kun ichida Toshkentning 11 ta tumanidan 6 tasida hokim almashgani yuzasidan ekspert fikri chop etilgan maqolada, hokimlarning yoppasiga almashtirilishi ortida ularning fuqarolar murojaatiga e'tiborsizligi sabab bo‘layotganini tusmol qilinar ekan, bu borada nashr o‘z eksperti mulohazalariga ham joy beradi.

Ismi keltirilmagan ekspert bu o‘zgarishlar borasida bir necha taxminni bayon qiladi.

Uning fikricha, bunga birinchi sabab Toshkent shahrining rahbar kadrlari mamlakat hukumati darajasidagi kadrlar bilan boyitilayotganidir.

Shuningdek, yangi tayinlovlar o‘ziga xos «shtrafbat» ham bo‘lishi ehtimoli yo‘q emas.

«Tumanlarga tayinlanayotgan hokimlar ilgari markaziy idoralarda rahbar bo‘lib, tarallabedod bo‘lib yurgan bo‘lsa, mamlakat rahbariyati ularning ko‘zini ochib qo‘yish maqsadida muammoli tumanlarga rahbar qilib yuborayotgan bo‘lishi mumkin», degan ekspert.

Ekspert bu o‘zgarishlar shahar hokimi mamlakat rahbariyati oldida o‘z pozitsiyasini yo‘qotib borayotganligini ko‘rsatayotganini ham aytgan.

«Voqealar rivoji shuni ko‘rsatmoqdaki, (Toshkent shahri hokimi) Rahmonbek Usmonov ham ishdan olinishi yoki lavozimi tushirilishi, uning o‘rniga esa yana bir yuqori lavozimli amaldor tayinlanishi mumkin», degan xulosa keltiriladi maqolada.

Internet nashr hokimiyat tizimlaridagi lavozim o‘zgarishlari haqida mulohazalar bildirgani ortidan mahalliy matbuot hozircha ancha chegaralangan erkinlik havosidan kuch olayotganini taxmin qilish mumkin.

Lekin, maqolada arifmetikaning oddiy qoidasi, miqdor ichidagi raqamlar o‘rni almashgani bilan summa o‘zgarmasligi aytilmayapti.

Ya'ni eski amaldorlarning faqat o‘rni almashtirilayapti xolos.

Korruptsiyaga botgan ta'lim tizimi jiddiy islohotga muhtoj va u mamlakat ravnaqini o‘zgartira oladigan yangi kadrlarni yetkazib berayotgani yo‘q.

Bahodir Sharif
O‘zbekistonlik gazetxon tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
25 mart 2021
(Muhammad Solih audiokitobining davomi) Agar haykaltarosh uzoqni ko‘ra oladigan san'atkor bo‘lsa, u yaratgan haykallar ham uzoq-uzoqlarga qarab turadi. Bordiyu ...
21 may 2021
Oshiqlaring poyingga gul otib ham bo‘ldi, Xilvatlarda labingdan bol totib ham bo‘ldi Va bu haqda kimlargadir sotib ham bo‘ldi ...
3 fevral 2016
Mustaqil jurnalist Maloxat Eshonqulova navbatdagi videolavhasida yaqinda o‘zbek turmasidan ozod etilgan mahkum huquq himoyachisi O‘ktam Pardaevga mikrofon tutadi. “O‘zbek ...
29 oktyabr 2019
Joriy yilning oktyabridan O‘zbekiston maktablaridagi darslar o‘quvchilarning madhiya kuylashi bilan boshlanadigan bo‘ldi. Bu haqda 25 oktyabr kuni Xalq ta'limi ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...