Asosiy mavzular
20 aprel 2017

Toshkent hokimlari nega almashdi?

18-19 aprel kunlari Toshkent shahar hokimlarining yarmidan ko‘pi almashgani sabablarini tahlil qilgan Kun.uz nashri eng avvalo buni aholidan tushayotgan shikoyatlar bilan bog‘laydi.

So‘nggi ikki kun ichida Toshkentning 11 ta tumanidan 6 tasida hokim almashgani yuzasidan ekspert fikri chop etilgan maqolada, hokimlarning yoppasiga almashtirilishi ortida ularning fuqarolar murojaatiga e'tiborsizligi sabab bo‘layotganini tusmol qilinar ekan, bu borada nashr o‘z eksperti mulohazalariga ham joy beradi.

Ismi keltirilmagan ekspert bu o‘zgarishlar borasida bir necha taxminni bayon qiladi.

Uning fikricha, bunga birinchi sabab Toshkent shahrining rahbar kadrlari mamlakat hukumati darajasidagi kadrlar bilan boyitilayotganidir.

Shuningdek, yangi tayinlovlar o‘ziga xos «shtrafbat» ham bo‘lishi ehtimoli yo‘q emas.

«Tumanlarga tayinlanayotgan hokimlar ilgari markaziy idoralarda rahbar bo‘lib, tarallabedod bo‘lib yurgan bo‘lsa, mamlakat rahbariyati ularning ko‘zini ochib qo‘yish maqsadida muammoli tumanlarga rahbar qilib yuborayotgan bo‘lishi mumkin», degan ekspert.

Ekspert bu o‘zgarishlar shahar hokimi mamlakat rahbariyati oldida o‘z pozitsiyasini yo‘qotib borayotganligini ko‘rsatayotganini ham aytgan.

«Voqealar rivoji shuni ko‘rsatmoqdaki, (Toshkent shahri hokimi) Rahmonbek Usmonov ham ishdan olinishi yoki lavozimi tushirilishi, uning o‘rniga esa yana bir yuqori lavozimli amaldor tayinlanishi mumkin», degan xulosa keltiriladi maqolada.

Internet nashr hokimiyat tizimlaridagi lavozim o‘zgarishlari haqida mulohazalar bildirgani ortidan mahalliy matbuot hozircha ancha chegaralangan erkinlik havosidan kuch olayotganini taxmin qilish mumkin.

Lekin, maqolada arifmetikaning oddiy qoidasi, miqdor ichidagi raqamlar o‘rni almashgani bilan summa o‘zgarmasligi aytilmayapti.

Ya'ni eski amaldorlarning faqat o‘rni almashtirilayapti xolos.

Korruptsiyaga botgan ta'lim tizimi jiddiy islohotga muhtoj va u mamlakat ravnaqini o‘zgartira oladigan yangi kadrlarni yetkazib berayotgani yo‘q.

Bahodir Sharif
O‘zbekistonlik gazetxon tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
19 dekabr 2019
Sobiq sovet imperiyasi va Karimov hukumatining qattiq qarshiligiga qaramay, “Erk” demokratik partiyasi Mustaqillik deklaratsiyasini parlamentga taqdim qilgan va 1990 ...
16 may 2016
O‘zbekistonda fermerlarga qarshi boshlangan «Oybolta» deya nomlangan kampaniyaga ko‘ra, belgilangan rejani uddalamagan fermerlar, davlatga yerini qaytarib berishi, paxta yetishtirish ...
17 mart 2021
Andijon davlat universitetining olti xodimida koronavirus aniqlangani haqida xabarlartarqaldi. ADUdagi manbaning “Eltuz”ga aytishicha, aslida kasallik yuqtirgan talaba va xodimlar soni bundan ham ko‘p bo‘lishi ...
21 yanvar 2019
16 yanvar kuni Shveytsariyaning «Tages-Anzeiger» gazetasi amerikalik biznesmen va Gulnora Karimovaning sobiq eri Mansur Maqsudiy Karimovaning Shveytsariyada muzlatilgan aktivlaridan ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...