Asosiy mavzular
21 aprel 2017

Kassa apparatini bank emas, deputat beradimi?

O‘zbek nashrlari barcha savdo sub'ektlarida kassa apparati joriy etilishi haqidagi prezident qarori ijrosi haqida yozarkan, tadbirkorlar va banklar o‘rtasidagi jiddiy muammolarni oshkor qilmoqda.

To‘lov terminallari yetishmasligi bilan bog‘liq muammolar odatdagidek qaysidir partiya yoki bank faoliyatini ko‘klarga ko‘tarish osnosida ko‘zga tashlanadi.

«Banklar tadbirkorlar xizmatida» degan balandparvoz sarlavhali material chop etgan «XXI asr» gazetasi (13.04) O‘zLiDeP deputatlarining joylardagi muammolarni hal etishga yordam ko‘rsatayotganiga bag‘ishlagan maqolasida aslida bunday emas ekanini bildirib qo‘yadi.

O‘zLiDeP deputatlarining bunday faoliyati bilan maqtanishni niyat qilgan gazetaning yozishicha, Samarqandda bir deputat 5-6 ta tadbirkorga «Mikrokreditbank»dan to‘lov terminali apparatlarini olishga ko‘maklashgan.

Gazetadan bu ma'lumotlarni o‘qir ekansiz, haqli savollar paydo bo‘laveradi. Nega banklar tadbirkorlarni to‘lov terminallari bilan ta'minlay olmayapti?
Nega terminal olish deputat aralashgandagina hal bo‘lyapti? Bu yoqda prezident hammani kredit olib, tovuq boqishga chaqirayotgan bir paytda banklar uning topshirig‘ini sabotaj qilyapti?

Bu kabi yana ko‘plab savollar borki, gazetalarning birortasida hatto ularga yaqin keladigan, ozgina bo‘lsa-da, masala mohiyatini ochishga yordam beradigan biror satrni uchratmaysiz.

Xuddi shunday ma'lumotlar «Milliy tiklanish» gazetasida (19.04) ham kattagina joyni egallaydi. Unda ham shu nomdagi partiya deputatlari tadbirkorlarga kredit olish-u, ishga joylashtirishga «katta yordam» berayotgani haqida qator-qator misollar keltiriladi.

Deputatlar banklarning o‘z vazifasini bajarmayotgani muammosini ko‘tarish o‘rniga yana o‘sha ura-urachilik ortidan quvib yurgani g‘alati.

Gazetalar esa bir sahifasida banklarni maqtash bilan ovora bo‘lsa, boshqa sahifasida o‘zlari bilmagan holda mohiyatan bu moliya muassasalari o‘z vazifasini uddalay olmayotganini ko‘rsatuvchi ma'lumotlarni chop etishmoqda.

Nima ham derdik, kurk tovuq go‘ng sochadi, o‘z ketini o‘zi ochadi, deb shuni aytsalar kerak-da.

Bahodir Sharif
O‘zbekistonlik gazetxon tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
17 mart 2017
Mart oyi boshidan qora bozordagi dollar narxining 7500-7700 so‘mgacha ko‘tarilishini o‘zbekistonliklar vahima bilan kuzatishdi. So‘mning cho‘kish sababini ayrimlar, 10 ...
1 sentyabr 2016
31 avgust kuni rossiya OAV, Islom Karimov tirik ekani va uni Burdenko nomidagi Neyroxirurgiya Ilmiy tadqiqot Instituti (ITI) shifokorlari ...
19 dekabr 2017
Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir tumani ustalari «Ferrari» avtomobilining nusxasini yaratishdi. Eng qizig‘i, unga «Zaporojets» avtomobili motori o‘rnatilgan. «Eltuz» nashrining Urganchdagi ...
3 dekabr 2018
O‘zbekistonda internet tezligi 1 dekabrdan boshlab o‘n barobar oshilishi haqida va'da berilgan edi. 30 noyabr kuni «O‘zbektelekom» AK xalqaro ...
Bloglar
30 sentyabr 2023
Shanba kuni Berlin markazida aylanib yurib, tasodifan bir nikoh to‘yining guvohi bo‘ldim. To‘y korteji bittagina ...
27 sentyabr 2023
Bugun Rauf Parfi nomi eslanarkan, uning asl shogirdlari bilan bir qatorda ustozning nomiga suykanib, «bir ...
25 sentyabr 2023
Jonibek degan ovqat eltuvchining AQShda klient xotinnig emchagini ezg‘ilagani uchun qamalib, 20 ming do‘llar ishtrap ...