Asosiy mavzular
12 may 2017

BMT Oliy komissari: O‘zbekiston din erkinliklari bo‘yicha maxsus ma'ruzachini taklif qiladi

11 may kuni BMT inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Zeyd Raad Al-Xuseynning tashrifi yakunlandi. Tashrifning bosh natijasi 15 yillik tanaffusdan so‘ng o‘zbek hukumati tomonidan BMTning din erkinliklari bo‘yicha Maxsus ma'ruzachisining mamlakatga taklif etilishi bo‘ldi.

Toshkentdagi matbuot anjumanidagi o‘z yakuniy nutqida u, so‘nggi 24 yil ichida BMT inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissarining ilk va yagona tashrifi ekanini ta'kidladi. Undan oldingi olti komissar garchi bir necha bor boshqa markaziy osiyo davlatlariga kelishgan bo‘lishsada hech qachon O‘zbekistonga taklif qilinmaganini bildirdi.

Oliy Komissar Shavkat Mirziyoev bilan 90-minutlik uchrashuv o‘tkazdi, „buning davomida biz ko‘plab tayanch nuqtalarini topdik va qator konkret qadamlarni kelishib oldik“, dedi u. O‘sha kuni Adliya vaziri, IIV raxbari va mamlakat Bosh prokurori bilan ham uchrashuvlar o‘tkazdi.

BMT bosh huquq himoyachisi o‘z nutqida 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Prezident strategiyasini olqishlashini bildirdi va hukumatni strategiya bo‘yicha inson huquqlari sohasidagi amaliy natijalarga erishishga chaqirdi.

„O‘z-o‘zidan anglashiladiki, reja va niyatlar – bir tomon, natijalar – esa boshqa bir narsadir, ayniqsa inson huquqlari haqida gap ketar ekan, hukumat ko‘pincha chiroyli va'dalar beradi, biroq ularni real o‘zgarishlar bilan mustahkamlamaydi“, deya urg‘uladi u.

Oliy komissar shuningdek, siyosiy mahkumlar muammosiga ham to‘xtaldi. «Men hukumatga – iloji boricha tezroq, ko‘proq miqdordagi siyosiy mahkumlarni ozod etishda davom etish iltimosi bilan murojaat qildim, ularning ayrimlari anchayin muammoli sud jarayonlarida uzoq muddatlarga hukm qilinishgan», dedi janob Zeyd Raad Al-Xuseyn.

U qiynoqlar va shafqatsiz munosabatning boshqa shakllarini O‘zbekistonning Qiynoqlarga qarshi konventsiyadagi majburiyatlaridan kelib chiqqan holda mutlaqo to‘xtatishga chaqirdi.

Qiynoqlar qo‘llash «ko‘p yillardan buyon O‘zbekistonning xalqaro obro‘siga putur yetkazib kelayotgan edi. Hukumatning bu masalani ko‘rishidan men hursandman», dedi u.

O‘zining chiqishida shuningdek u, bolalar mehnatining to‘xtatilishini ham olqishladi va O‘zbekiston hukumatini paxta terimi davrida davom etayotgan kattalarni majburiy mehnatga jalb qilish tizimiga chek qo‘yishga chaqirdi.

Va nihoyat Oliy komissar «2005 yilning 13 mayida Andijonda yuz bergan dahshatli voqealarni» surishtirishga chaqirdi. «Oldinga qarab yurish muhim bo‘lgani holda, o‘tgan voqealarga baho berish, qurbonlarni unutmaslik va ularning savollariga javob topish ham shunchalik muhim», dedi u Toshkentdagi nutqida.

Oliy martabali mehmon o‘z nutqiga hulosa yasab, uning nazarida O‘zbekiston chorraha oldida turganini ta'kidladi. „Mirziyoevning prezidentlik iqtidoriga kelishi bilan paydo bo‘lgan ajoyib konstruktiv taklif, reja va inson huquqlari bo‘yicha yangi qonunchiliklar ko‘lami bor. Bu islohotlarni muvafaqiyatni ado etish mamlakat kelajagini o‘zgartiradigan samara berishi mumkin. Bu uzoq va mashaqqatli yo‘ldir, unda to‘siqlar va omadsizliklar bo‘lishi mumkin, biroq ishonamanki – safar boshlandi“.

BMT Oliy komissari Toshkentdan qaytgach «O‘zbekiston mustaqil huquq himoyachilari tashabbus guruhi (O‘MHHTG) bayonot tarqatdi, bunda «qiynoqlar, tahqirlar va diniy motivga ko‘ra qamalganlarga muddat qo‘shish davom etayotgani» aytiladi.

O‘MHHTG press-relizida ilgari «ekstremistik diniy tashkilot»da ishtirok etganlikda ayblanib qamalgan, biroq muddatini o‘tab bo‘lgan mahkumlar aka uka Mirzaevlarga qiynoqlar va muddat qo‘shib berilganini misol qilib keltiradi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
27 sentyabr 2024
Dang‘aralik so‘kong‘ich deya xatga tushgan  fermerni  qasoskor  deb iddao qilingan prokuror qamatgani haqida oxiri yomonlik bilan tugaydigan oshkora baxti ...
12 yanvar 2021
Eltuz qisqa hajviy animatsion filmlar turkumini davom ettiradi. G‘isht, qum va tsement aybdor! Yoki «Armaturalar ham yig‘laydi» Bugungi film ...
26 may 2024
Shu yilning yanvar oyida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi yangi, zamonaviy va foydalanishga tayyor bo‘lgan binoni (muqaddam GM kompaniyasiga tegishli bo‘lgan, ...
12 aprel 2024
1994 yili akam Shuhrat, ukam G‘ayrat va men Urganch shahrida mustaqil telestudiya tashkil etgan edik. Ochilgan kunidan buyon uni ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...