Asosiy mavzular
26 may 2024

55 milliard so‘m qaerga sarflandi, Behzod Musaev?

Shu yilning yanvar oyida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi yangi, zamonaviy va foydalanishga tayyor bo‘lgan binoni (muqaddam GM kompaniyasiga tegishli bo‘lgan, manzil: Mirobod tumani, Nukus ko‘ch, 8-uy) avval qayta ta'mirdan chiqarib, so‘ngra ko‘chgan. 

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri janob Behzod Musaev ushbu binoni ta'mirlashga byudjetning 55 milliard so‘mini sarflagan.

Ta'mirlash ishlari tendersiz “MARROFF BUILDING COMPANI” MChJga topshirilgan.

Shirkat Namangan shahri, “Orzu” MFY, Ijokorlar ko‘chasi 10 uyda joylashgan, INN raqami: 307 384 166, rahbari: Yunusov Jobirxon G‘ofurjonovich, ta'sisichisi Inomov Mirabdulla Ma'rufxonovich.

O‘zbekistonda keng qo‘llaniluvchi korruptsion sxemaga ko‘ra, davlat rekonstruktsiya va qurilish ishlariga sarflanadigan harajatlar aslidan ancha yuqori narxda ko‘rsatiladi. Bunday sxemalar byudjetdan ajratilgan summaning salmoqli ulushini talon-toroj qilish imkonini beradi.

Karimov iqtidorda ekan yirik iqtisodiy jinoyatlar va mansab vakolatlarini suiiste'mol qilishda ayblangan Behzod Musaev jazodan qochib, g‘arb davlatlaridan birida boshpana olgandi.

Abdulla Aripov hukumati paytida u yana O‘zbekistonga qaytdi va Bosh vazirning ijtimoiy rivojlanish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari hamda Sog‘liqni saqlash vaziri lavozimlarida faoliyat yuritdi.

Uning Sog‘liqni saqlashdagi faoliyati, o‘ta foijali voqea bilan esda qoldi.

“DOK-1 Maks siropi” kimga nimani eslatadi?

Bolalarning zaharlanishi natijada 69 nafar go‘dak halok bo‘ldi va 16-nafar bola bir umrga nogiron bo‘lib qoldi.

Natijada 20 nafardan ko‘proq mas'ul shaxslar javobgarlikka tortildi. Ular orasida Behzod Musaev yo‘q edi albatta.

U tinchgina nafaqaga chiqib, o‘zining “INTERMED” shaxsiy labaratoriyalarini yurgizsa ma'qul edi. Ammo unga Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga rahbarlik qilish ishonib topshirildi.

Bu safar vazir janoblari 55 mlrd so‘mning ta'mirlash ishlariga qanday sarflangani borasida nima derkin? Rasmiy javobni kutib qolamiz.

Tag‘in o‘qing
11 sentyabr 2020
«Biz tomonlargayam koronavirus infektsiya yetib keldi. Qishlaxta o‘n beshta odamda o‘sha kasallik bor ekan»,- dedi bugun ertalab qishloqdoshlarimdan biri. ...
14 may 2019
«Koridorga chiqqanimizda, navbatchi harbiy menga past ovozda: – O‘yin bo‘lganini bildingiz, anovi SPPni sizdan gap olish uchun qamadi, ehtiyot ...
4 mart 2021
Andijon shahrining yillar davomida e'tiborsiz qolgan ko‘chalari obod qilina boshlandi. Chuqurlar yamalib, loy ko‘chalarga asfalt yotqizilmoqda. Eski kanalizatsiya quvurlari ...
24 mart 2017
24 mart kuni taniqli huquq himoyachisi Yelena Urlaeva Toshkent shahar ruhiy shifoxonasidan ozod etildi. U majburiy davolanishda 23 kun ...
Bloglar
28 may 2024
Men millatchi emasman! Lekin qaytadan ta'mirlatilgan va Toshkent shahrining sobiq hokimi J. Ortiqxo‘jaev tomonidan Pasxaga ...
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...