Konvertatsiya chala ochildi, qora bozor esa ishlayapti
5 sentyabrdan O‘zbekistonda konvertatsiya e'lon qilinib, AQSh dollari erkin savdoga chiqarildi.
Eltuz nashri muxbiri Toshkentdagi bir qancha shoxobchalarda valyuta savdosi ochilganini tasdiqladi. Uning bildirishicha, AQSh dollari 8000 dan harid qilinib, 8150 so‘mdan sotilmoqda.
Biroq o‘zbekistonlik tahlilchi Anvar Nazir Eltuz muxbiriga hamma ham dollar sotib olishga shoshilmayotganini bildirdi.
«Banklar dollar sotishga tayyor emas. Lekin dollarni so‘mga almashtirishda muammo yo‘q. Bankda dollar qimmat. Odamlar kutmoqda» dedi u.
Shuningdek Anvar Nazir konvertatsiyaning birinchi kuni ham poytaxtda qorabozor ishlaganini tasdiqladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, banklardan naqd dollar harid qilish imkoni yaralmaguncha, qorabozor ishlayveradi.
O‘zbekistonlik jurnalist Shuxrat Xurramovning bildirishicha, bankda unga dollarni faqat konversion kartaga tushirish sharti bilan harid qilish mumkinligini aytishgan.
«Bu vaqtinchalik chora va 3-4 oydan keyin banklar ham naqd dollar sota boshlashadi» deya unga bildirishgan.
Boshqa bir suhbatdosh Nodira Xidoyatova esa hukumatning bu qaroridan mamnun ekanini bildirdi.
«Men iqtisodchimasman, biroq konvertatsiya, investitsiya muxitini jonlantirish, davlat hazinasiga katta tushumning kelishi, banklar ishining normal ishlashi uchun birinchi navbatda kerak bo‘ladigan zaruri shartdir».
«Yagona hadigimiz endi narx-navoning oshishidan», dedi u Eltuz muxbiriga.
Eltuz.com