Asosiy mavzular
14 aprel 2018

Shavkat Mirziyoev: «Samarqandlik o‘qituvchi o‘limi yuragimda men tufayli yuz bergandek tuyuldi»

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 13 aprel kuni Sirdaryo viloyati Sayhunobod tumanida o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida ko‘cha supurishga chiqarilgani ortidan «Kamaz» bosib ketib halok bo‘lgan samarqandlik o‘qituvchi Diana Yenikeeva haqida gapirdi. Kun.o‘z sayti prezident nutqidan iqtiboslarni chop etdi. Rasmiy OAV va prezident matbuot xizmati esa prezidentning bu gapini e'lon qilmadi. Prezidentning Kun.o‘z saytida e'lon qilingan nutqidan parchalarni kichik sarlavhalar bilan sizga taqdim qilamiz.

Diananing halokati ijtimoiy tarmoqda bahsga sabab bo‘ldi

Ko‘cha supurishga chiqqan o‘qituvchining «Kamaz» bosib ketib o‘lganidan prezident habardor

“Men samarqandlik o‘qituvchining vafoti haqida eshitdim. Qanaqadir direktor, rahbar yoki hokim qachondir «mehmon» keladi, deb ikki-uch kun oldin aytgan. Lekin mening yuragimda bu xuddiki men tufayli yuz bergandek tuyuldi. Yana bir bora va so‘nggi marta barcha rahbarlarni alohida ogohlantiraman: bundan buyon bironta hududda o‘qituvchi, shifokor yoki talabalar obodonlashtirishga jalb etilsa, jazo juda qattiq bo‘ladi. Ishdan olish bilan birga, o‘sha rahbar [qilmishi uchun] qonun oldida javobgar bo‘ladi. Menga farqi yo‘q, juda katta xizmat qilgan hokim bo‘lsa ham u ishdan ketadi. Men buni aytishga majburman, chunki bu davom etmoqda”.

Rassom Tuzning mavzuga oid rasmi

Prezident ko‘zbo‘yamachilikdan nafratlanadi

«Men osmondan paydo bo‘lib, tushib kelmayman: bir kun oldin qaysi viloyatga tashrif buyurishim haqida ma'lumot yetkaziladi. Lekin ko‘p joylarda ko‘zbo‘yamachilikka yo‘l qo‘yilmoqda. Ochig‘i, menga bu noqulay, [ko‘zbo‘yamachilik] menda nafrat uyg‘otmoqda. O‘qituvchilarni majburlab chiqarib qo‘yib, obodonlashtirish, ularga ko‘cha supurtirish, tayyorgarlikka jalb etish – siyosatga xiyonat. Bu harakatlar faqat menga emas, siyosatga ham xiyonat»

Rassom Kirpining mavzuga oid rasmi

Ko‘chani o‘qituvchiga supurtirgan bilan hech narsa o‘zgarmaydi

«Men devor ortida nima borligini, O‘zbekistonda qaysi ko‘cha supurilgani yo obodligini juda yaxshi bilaman. Bitta narsani aytmoqchiman: yo‘lni supurganingiz bilan hech nima o‘zgarmaydi, odamlar rahmat demaydi, [balki] la'nat aytadi. Bizning do‘stlarimiz ham ko‘p, dushmanlarimiz ham. Siz (mahalliy hokimiyat rahbarlari – tahr.) mana shu ishlaringiz bilan dushmanlarning tegirmoniga suv quymoqdasiz. Butun viloyatlar va tumanlar rahbarlari, mana shuni bilib oling.

Rassom Kirpi mavzuga oid chizgan rasm

Prezident mulozimlarga ishonmay qolyaptimi?

“Axir, biz faoliyatimizning birinchi kunidan boshlab halol va adolatli, bir-birimizga xizmat qilishga kelishib oldik. Endi bunday ko‘zbo‘yamachilik kimga kerak?! Mening yuragimda katta armon, azob bor. Xalqimizning qanday ahvolda yashayotganini mendan boshqasi yaxshi bilmaydi. O‘zim kulib yurganim bilan dardim ichimda. Yurakdan chiqarib aytyapman, do‘st bo‘lsangiz, bu ishlarni to‘xtating. Shuncha yilda hech narsa qilmaganmiz, bir yarim yilda bularni qila olmasligimizni ham bilaman. Ayrim paytlarda hech kimga ishonmay qolyapman, yig‘ilishlarda ham hammasi tayyorlangan odamlar… Men xalqni eshitishga, dardini tinglashga kelganman, balandparvoz gaplarni aytmang”..

Do‘st bo‘lsang, yonimda tur

«Odamlarimiz ham balandparvoz va'dalardan charchagani – haqiqat. So‘nggi vaqtlarda viloyatlarga tashrifim yuzasidan [fikr bildirsam] men ko‘p tayyorgarlik qilishlarini so‘ramayman. Atrofimdagi kattakonlarga ham topshiriq beraman: ana shu hokimlar va mahalliy organlar prezident tashrifiga alohida bezak bermasin»,

Eslatib o‘tamiz, prezidentning 13 aprel kuni Sirdaryo viloyatida gapirgan bu gaplarini rasmiy matbuot chop qilmadi. O‘zbekiston rasmiy matbuotiga mamlakat prezidentining so‘z erkinligi yoqmaganga o‘xshaydi. Asnoda jasorat bilan bu gaplarni e'lon qilgan Kun.o‘zdagi hamkasblarimizga rahmat aytamiz.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
22 sentyabr 2015
Zayniddin Asqarov jasadi 2010 yilning 11 oktyabr kuni turmadan uyiga qaytarildi. Aytilishicha, SNB xodimlari mayitni tez dafn qilish va ...
31 oktyabr 2016
Bu yil ham O‘zbekistonda paxta terimiga voyaga yetmagan bolalar jalb etilgani qayd etildi. Biroq har safargidek o‘zbek hukumati amaldorlari ...
8 avgust 2017
Eltuz nashri o‘tgan 2016 yilning ayni 8 avgustida, o‘z tomorqasida meva sabzavot yetishtirgan dehqonlarning hosilini erkin sotishiga ruxsat berilmayotgani, ...
12 yanvar 2016
Ulug‘bek Ashur Eltuz.com 11 yanvar kuni Jizzax viloyat jinoiy sudida bo‘lib o‘tgan maxkamada sudlanuvchi Aramais Avakyan tergovda o‘ziga nisbatan ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...