Mashhur kinorejissyor Shuhrat Abbosov dunyodan o‘tdi
O‘zbek milliy kinosini shakllantirgan mashhur rejissyor Shuhrat Abbosov 25 aprel kuni 87 yoshida olamdan o‘tdi.
So‘nggi soatlarda «Eltuz»ga ma'lum bo‘lishicha, o‘zbek kinosi ustasi Shuhrat Abbosov sog‘lig‘i yomonlashgani sababli Toshkentdagi birinchi hukumat statsionar shifoxonasining reanimatsiya bo‘limida qolayotgan edi.
«Mahallada duv-duv gap», «Sen yetim emassan», «Olovli yo‘llar» kabi kinolari bilan dunyoga tanilgan Shuhrat Abbosov 1931 yilning 16 yanvarida Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida tug‘ildi.
1949 yili Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik institutining rejissura fakultetiga o‘qishga kirdi.
1958 yili esa “Mosfilm” qoshidagi oliy rejissyorlik kursini bitkazdi.
«Eltuz» nashri Shuhrat Abbosovning yaqin oila a'zolari, hamkasblari va do‘stlariga chuqur ta'ziya bildiradi.
Eltuz.com