chorshanba,
13 noyabr 2024
1 iyun 2018
Shvetsiyada terakt tayyorlashda gumon qilingan yana bir o‘zbek hibsga olindi
Shved sudi 31 may kuni terror hujumi tayyorlashda gumon qilingan yana bir o‘zbekni hibsga olish haqida qaror chiqardi.
Stokgolmning Yordbro mavzesida yashovchi, 1984 yil tug‘ilgan o‘zbekning shaxsi haqidagi ma'lumotlar «Eltuz»ga ma'lum, lekin nashr bu haqda hozircha ochiqlamaslikka qaror qildi.
Shvetsiyada diniy ekstremizmda gumon qilingan o‘zbeklarning hibsga olinishi holatlari keyingi paytlarda tez-tez kuzatilmoqda. Jumladan, 3 may kuni Stokgolm sudi to‘rt nafar o‘zbekni tergov yakuniga qadar hibsda qoldirish haqida hukm chiqargan edi.
Eltuz.com