chorshanba,
18 dekabr 2024
26 iyun 2023
Taniqli aktyor Husan Sharipov xotirasi
O‘zbekiston xalq artisti, o‘zbek teatri va kinosi aktyori Husan Sharipov 2018 yilning 26 iyunida 81 yoshida olamdan o‘tgan edi.
Taniqli komik aktyor 1959 yildan boshlab uzoq yillar Muqimiy teatrida obrazlar yaratgan, keyinchalik ushbu teatr direktori bo‘lgan. 1995 yildan O‘zbekiston teatr arboblari uyushmasi raisi lavozimida ishlagan.
Husan Sharipov «Bomba», «Chinor ostidagi duel», «Tangalik bolalar», «Kelinlar qo‘zg‘oloni» kabi filmlarda yaratgan obrazlari bilan tomoshabinlar xotirasida qoldi.
Iste'dodli san'atkor Husan Sharipov 1937 yilning 27 iyulida Toshkentda tug‘ilgan edi.
Eltuz.com