Bosh vazir «Mersedes»i «Damas» bilan to‘qnashdi (yangilandi)
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov mingan «Mersedes» 20 avgust kuni Bekobod-Toshkent yo‘lida «Damas» yengil avtomobili bilan to‘qnashgan.
Ichki ishlar idorasining rasmiy xabarida avariya 31 yashar B.Saidov boshqaruvidagi «Damas» avtomobilining «qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketishi sababli sodir bo‘lgani» bildiriladi.
Natijada 66 yashar R. Tolipov boshqaruvidagi «Mersedes-Bens» chap yoni bilan «Damas»ga urilgan.
To‘qnashuv oqibatida mashinadagi uch nafar shaxs – R.Tolipov, A.Sultonov va U.Qurbonov, shuningdek, “Damas” avtomobili haydovchisi B.Saidov va uning yo‘lovchisi A.Meliboev jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan.
IIV xabariga ko‘ra, hodisa paytida mashinada bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri A.Aripov «sog‘lig‘ining buzilishiga sababchi bo‘lmagan» yengil tan jarohati olgan.
Bundan ilgari «Eltuz» nashri ikkilamchi manbalarga tayanib, «Damas» haydovchisi jabrlanmagan, degan xabar tarqatgan edi.
Rassom Kirpi
Eltuz.com