Asosiy mavzular
20 sentyabr 2018

Qirg‘iziston: 299-2 moddaning qudrati

Qirg‘izistonda jinoiy ishlarda ko‘p qo‘llanilib siyqasi chiqqan, ekstremizm alomati bo‘lgan videomateriallar, broshyura, kitob saqlash bo‘yicha yuzlab ayblov hukmlari chiqarilmoqda, deyiladi 17 sentyabr kuni  “Hyuman rayts uotch” (HRW) e'lon qilgan hisobotda.

Garchi ishda materiallarni tarqatish, ulardan qo‘zg‘olon yoki zo‘rovonliklardan foydalanilgan bo‘lmasada, uch yildan o‘n yilgacha qamoq jazosi beriladi.

Hisobotda yozilishicha, Qirg‘iziston Jinoyat kodeksining 299-2 moddasidan kishilarni shunday materiallarni tarqatish aybi bilan jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos sifatida foydalanilmoqda.

2010 yildan buyon, shu moddaga asoslanilib kamida 258 kishi jinoiy javobgarlikka tortilgan.

“Biz istalgan paytda eshigimizni taqillatib order bilan kelishlaridan va soxta ayblovlar bilan qamab qo‘yishlaridan muntazam qo‘rqib yashaymiz,” degan HRW bilan suhbatlashgan mahkumlardan biri.

Hisobotda ta'kidlanishicha, telefonidan ekstremistik deb qaralgan materiallar topilgan, lekin uni tarqatish bilan shug‘ullanmaganlar ham javobgarlikka tortilish holatlari uchraydi.

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu hisobot e'lon qilinayotgan vaqtda bir necha yuz kishi o‘z ishlarining sudda ko‘rib chiqilishini kutishmoqda va bunaqa ishlarning soni yildan-yilga o‘sib bormoqda: birgina 2016 yilning dastlabki to‘qqiz oyi davomida (mavjud so‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra) 167 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

“Tadqiqotlarimiz davomida rasmiylar ko‘p hollarda hech qanday zo‘ravonlik sodir etmagan va bor-yo‘g‘i taqiqlangan adabiyot yoki videomateriallarni saqlagan yoki islomning konservativ yo‘nalishlariga e'tiqod qilgan kishilarni panjara ortiga tashlash uchun ushbu moddadan foydalanib kelgani aniqlandi”, deyiladi hisobotda.

Shu bilan birga, 299-2 modda bilan ayblanganlar o‘zlariga nisbatan g‘ayriinsoniy munosabatda bo‘lingani, hatto kaltaklanganlari haqida so‘zlab berganlar.

Hisobot mualliflari bu moddada ekstremizmning keng talqin qilingani, jinoyatga aniq va lo‘nda ta'rif berilmaganini ta'kidlaydilar.

Shuningdek, HRW biror materialning ekstremizmga oidligi to‘g‘risidagi xulosani beradigan Din ishlari bo‘yicha davlat komissiyasi ekspertlari malakasi va xolisligi borasida ham shubha bildiradi.

Garchi ayrim rasmiylar HRW bilan intervyu vaqtida mamlakatda bu moddani qo‘llashda muammolar borligiga iqror bo‘lsa-da, ombudsman apparati vakili bu borada tushayotgan shikoyatlardagi faktlar tasdiqlanmaganini aytgan.

HRW tahliliga ko‘ra, ekstremistik materiallarni tarqatishda ayblanganlarning aksariyati mamlakatning janubiy viloyatlarida istiqomat qilayotgan o‘zbek millatiga mansub fuqarolardir.

HRU 299-2 modda bo‘yicha jinoiy ta'qib maqsadli ravishda etnik va diniy alomatlarga qarab amalga oshirilmoqda, degan tezisni na tasdiqlagan va na inkor etgan bo‘lsa-da, bu kabi ishlarning o‘zbek millatiga mansub ko‘plab figurantlari va qarindoshlarining aynan shu holat bo‘layotganiga ishonchlari komil ekanini bildiradi.

Hisobot so‘nggida HRW Qirg‘iziston rasmiy idoralariga ekstremizm va terrorizmda ayblanib jazoga tortishda inson huquqlariga rioya etilishiga yordam beruvchi bir qancha tavsiyalarini bildirgan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
26 yanvar 2017
O‘zbekistonda Toshkent shahridan tashqari barcha hududlarda tabiiy gaz va elektr energiyasi ta'minoti abgor ahvolda ekani shu vaqtgacha hammaga ma'lum ...
1 may 2023
O‘zbekiston mustaqilligi uchun kurashgan Ro‘zi Nazar 2015 yilning 1 mayida olamdan o‘tdi. Ro‘zi Nazar temir parda ortida yashagan turkistonliklarga ...
5 noyabr 2015
30 oktyabr kuni militsiya xodimlari Yakkabog‘ tumani Amir Temur jamoa xo‘jaligi, Xo‘ja Ilg‘or mahallasida yashovchi Manzura Turobovaning 6 sigiri ...
21 aprel 2020
Buyuk hofiz Komiljon Otaniyozning «Segoh»iyu «Suvoro»larini tinglab, shuurim doim boshqa taraflarga yo‘naladi… Alloh ruhiga rahmat aylasin, buyuk Hofiz dindor ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...