chorshanba,
18 dekabr 2024
19 mart 2019
Nazarboev prezidentlikdan iste'fo berdi
Qozog‘istonni 30 yil boshqargan 79 yashar prezident Nursulton Nazarboev 19 mart kuni o‘z lavozimidan iste'foga chiqqani haqida bayonot berdi.
Mamlakat TV kanallari orqali chiqishida, jumladan, Nazarboev, «Nur Otan» partiyasi raisi, Konstitutsiyaviy sud rahbari va Xavfsizlik kengashi raisi sifatida qolishi haqida ma'lum qildi.
Prezident Nursulton Nazarboevni yakkahokimlikni o‘rnatganlikda ayblashadi, ammo u o‘z nutqida mamlakat uning boshqaruvida qoloq bir davlatdan iqtisodiy rivoj topgan, demokratik davlatlar qatoriga qo‘shilganini bildirdi.
Shuningdek, Nazarboev hukmronligi davrida mamlakat poytaxti Olmaotadan milliy strategik muhim sanalgan Ostona shahriga ko‘chirildi, qozoq tili esa kirilldan lotin imlosiga o‘tkazildi.
Eltuz.com