Asosiy mavzular
9 aprel 2019

Uchko‘prikda prezident kelishiga hashar o‘tkazildi

Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanidagi barcha tashkilot va korxona xodimlari 5 aprel kuni prezidentning Farg‘ona viloyatiga tashrifi kutilayotgani bois ommaviy hasharga jalb etildi.

«Prezident Qo‘qon erkin iqtisodiy zonasi hududida barpo etilgan “Shaffof metan” korxonasiga kelar emish, shuning uchun hozir biz ham o‘sha yerga, tozalovga ketyapmiz», dedi ismi sir qolishini istagan suhbatdoshlardan biri.

Uning «Eltuz»ga bildirishicha, ulardan tashqari Beshariq, O‘zbekiston, Bag‘dod, Oltiariq, Rishton, Furqat tumanlaridan ham 800 nafar kishi kelib, prezident kelishiga tayyorgarlik ko‘risharkan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning noyabr oyida ham Uchko‘prikda “prezident tashrifiga” katta tayyorgarlik ko‘rilgan, tumandagi 18-maktab, 19-MTM, “Mehrigiyo” ishlab chiqarish korxonasi ham tumandagi boshqa maktab-bog‘chalarning xodimlari tomonidan ko‘rikka tayyorlangan edi.

«Haqiqatdan ham, 19-bog‘chada bir oy tayyorgarlik ko‘rilgan edi, o‘shanda har kuni ikki-uch nafardan xodimimiz bilan kelib, bog‘chada tozalov ishlarini bajarganmiz. O‘t yulganmiz, eshik-derazalarni yuvganmiz, hovlilarni supurib-sidirganmiz. Bog‘chadagi ayvonchalar ham boshqa bog‘chalar mudiralarining shaxsiy mablag‘lari hisobiga qurilgan. Shu ayvonchalar bitta mudiraga 2,5 million so‘mga tushgan», dedi bog‘chalardan birining mudirasi.

Mudiralar shuncha pulim yo‘q, qila olmayman, deganda rahbarlar “unda ishdan bo‘shash haqida arizangni yoz”, deb qo‘rqitishgan.

Bog‘cha mudirasi esa haqiqiy mutaxassis bo‘lmaganligi uchun nima qilishni bilmagan, barcha kerakli hujjatlarini, metodik tavsiyalar, mashg‘ulot ishlanmalari, moliyaviy hujjatlarni tajribali bog‘cha mudiralari to‘g‘rilab bergan. Mudira Uchko‘prik sanoat kollejida politexnika yo‘nalishida dars berib yurgan qiz edi. Bir aylanib mudira bo‘lib qoldi.

«Men maktabda direktorning xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib ishlayman, noyabr oyida 18-maktabga prezident kelar ekan, deb bizni bir oydan ziyodroq ishlatishdi. Har kuni uch-to‘rt nafar farrosh bilan borib, maktabda tozalov ishlarini qildik. Ammo negadir prezident kelmadi. Mana, ikki-uch kundan buyon yana Qo‘qonboyga hasharga boryapmiz. Bir-bir yarim metr joyni tozalab, o‘tlarini chopib, axlatlarni to‘plab qo‘yyapmiz, keyin kechgacha o‘tiribmiz», – dedi «Eltuz»ning uchko‘priklik suhbatdoshi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
30 may 2023
Samarqand Davlat Universteti Rus tili filologiyasi fakulteti talabasi  Shodiyona Rahmonova o‘z guruhdosh va kursdoshlariga telegram nomasi yo‘llab, 300 ming ...
26 oktyabr 2020
Hammani turli to‘lovlarga majburlaydigan Majburiy to‘lov byurosi xodimlarining o‘zi majburiy paxta terimiga majburlanmoqda.  “Majbur” so‘zi ustida qurilgan bu gap ...
10 sentyabr 2018
Jamoatchilik bosimi nima degani? Buni mashhur rus rassomi Vyacheslav Zaytsev aytib bergan edi. Zaytsev kichkinaligida barcha sovet bolalari qora ...
7 mart 2018
Odatda donasi 10 ming so‘m turadigan atirgul narxi 7 mart kuni Toshkentda 60 mingga chiqdi. Bir dona orxideya guli ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...