Asosiy mavzular
30 aprel 2019

Prezident qizi bo‘lgani uchun lavozim oldimi?

Prezidentning to‘ng‘ich qizi Saida Mirziyoeva 15 aprel kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiya agentligi rahbari o‘rinbosari etib tayinlangani ortidan matbuotda va ijtimoiy mediada ko‘proq ko‘rina boshladi.

Xususan, 20 aprel kuni Bo‘ka tumanida bo‘lgan Saida Mirziyoeva safari chog‘i tuman mulozimlari prezident qizini munosib kutib olishga oshig‘ich hozirlik ko‘rishgani haqida matbuotda yozildi.

Saida Mirziyoeva prezident Mirziyoevning yoshlarni kitob o‘qish, badan chiniqtirish, internetdan foydalanish, san'atgga qiziqtirish, xotin-qizlarni ish bilan ta'minlash tashabbuslarini keng yoyish uchun «el ichiga yurishlar» qilayotgani bildirilmoqda.

Xuddi bir vaqtlar mamlakatning oldingi prezidenti Islom Karimovning qizlari uchun o‘ylab topilgan malikalik rutbalari endilikda ochiq bir tarzda prezident Mirziyoevning qizlari uchun tatbiq etilmoqda.

Prezidentning kenja qizi Shahnoza Mirziyoeva 2018 yilning yanvarida maktabgacha ta'lim vaziri o‘rinbosari etib tayinlangan edi.

Yangi rutbalardan prezident Shavkat Mirziyoning kuyovlari ham chetda qolishmadi.

Xususan, prezident Mirziyoevning katta kuyovi, Saidaning eri Oybek Tursunov Prezident apparati Ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari etib tayinlangan, kichik kuyovi, Shahnozaning eri Otabek Umarov esa qaynatasining tansoqchilari boshlig‘i lavozimini egallagan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
16 sentyabr 2019
Toshkentning jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tumani sudida 9 sentyabr kuni O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini ...
25 may 2024
2010 yilda 25 may sanasi National Center for Missing and Exploited Children – NCMEC tashkiloti tashabbusi bilan Yo‘qolgan bolalar ...
18 sentyabr 2019
“Bizdan jiz-z!”ning bugungi sonida Shvetsiyada yashovchi o‘zbek faoli Do‘stnazar Xudoynazarov «Eltuz» muxlislari uchun butun qo‘y go‘shti boldiridan dimlama qanday ...
14 yanvar 2019
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga ayni savolni tashlagan rassom Tuz 14 yanvarga qadar bir-biriga qarama-qarshi yuzdan ziyod javob oldi. Ayrim umumiy ...
Bloglar
28 may 2024
Men millatchi emasman! Lekin qaytadan ta'mirlatilgan va Toshkent shahrining sobiq hokimi J. Ortiqxo‘jaev tomonidan Pasxaga ...
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...