Asosiy mavzular
5 iyun 2019

«Ozodlik» muxbiri O‘zbekistonga kiritilmadi

«Ozodlik» radiosining Moskvadagi muxbiri, Rossiya vatandoshi va taniqli tarixchi 45 yashar Umid Bobomatov O‘zbekistonga kiritilmadi. U 4 iyun kuni Moskvadan Toshkentga uchib kelgan edi. Bobomatov bu haqda o‘zining feysbukdagi sahifasida habar qildi.

«Eltuz» muxbiriga voqea yuzasidan intervyu bergan Bobomatov uni avvaliga Toshkent aeroportidagi o‘zbek chegarachilari to‘xtatgani va ortiga qaytarib yuborgani, keyin esa Rossiya FXX xodimlari Moskva aeroportida uch soatcha ushlab o‘tirganini aytdi.

Bobomatovning «Eltuz»ga bildirishicha, Toshkent aeroporti xavfsizlik xizmati xodimlari tarafidan to‘xtatilib, keyingi reys bilan Moskvaga uchib ketishga majburlangan. Bu borada izoh so‘ragan Bobomatovga Toshkent rasmiylari bir parcha qog‘oz berishgan.

Foto: eltuz.com

Umid Bobomatov «Ozodlik»ka qarshi rasmiy Toshkent tarafidan boshlangan obro‘sizlantirish kampaniyasidan keyin O‘zbekistonga kiritilmagan ilk jurnalistdir.

Bundan oldin «Ozodlik» muxbiri Noa Taker O‘zbekistonga xizmat safari bilan borganida monelik qilinmagan edi.

O‘tgan yili 28 iyun kuni «Ozod Yevropa/Ozodlik» radiosi vitse-prezidenti va bosh muharriri Nenad Pejich Toshkentda O‘zbekiston hukumati rasmiylari, xususan, prezident matbuot xizmati rahbari Komil Allamjonov bilan uchrashgani mahalliy matbuot tarafidan ijobiy yoritilgan edi.

Bobomatovning o‘zi Karimov davrida ham, Mirziyoev iqtidorga kelganidan keyin ham O‘zbekistonga bemalol safar qilib yurgan edi.

«Ozodlik» radiosi 2005 yil dekabrga qadar Toshkentda o‘z muxbirlik byurosiga ega bo‘lgan. Radio dunyoning 28 tilida xabar va tahlillar tarqatadi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
12 may 2024
Ko‘rib turganingiz kartina kim oshdi onlayn auktsionda 100 ming so‘mga sotuvga qo‘yilgan edi. Auktsiondan maqsad “Sen kuchlisan” loyihasi doirasida ...
7 oktyabr 2023
Avgust oyida Qashqadaryo  viloyati  Koson  tumanidan  o‘tgan  katta  kanalning Guvalay  qismi tuproq bilan  yopib  quyilgan. Buning oqibatida 20 mingga ...
9 oktyabr 2019
Aksariyat o‘zbekistonliklar orasida Salimboy deya sig‘iniladigan, boshqa manbalarda «kriminal avtoritet» atalgan Salim Abduvaliev «Qizil kitob»ga kirgan ayiq, bo‘ri va ...
20 iyul 2016
O‘zbekiston Xalq artisti Erkin Komilovning o‘zi bilan sodir bo‘lgan voqeani ayta turib, Toshkentga viloyatdan kelayotganlarni uyat gap bilan so‘kkanini ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...