Asosiy mavzular
16 oktyabr 2019

Matbuot himoyasidagi istisno

Saida Mirziyoeva “OAVni haqiqiy to‘rtinchi hokimiyatga aylantirish yo‘limizdan qaytmaymiz”, deya bong urayotgan bir paytda otasining shotirlari mustaqil jurnalistni adolat istaganlarning xatti-harakatini yoritgani uchun jinnixonaga tiqib o‘tiribdi.

Umuman, O‘zbekistonda OAV erkinligiga bag‘ishlangan xalqaro davra suhbati o‘tkazilgani yaxshi bo‘ldi. U yerda ko‘tarilgan masalalar jurnalistlar erkinligi kengayishiga xizmat qilishini ham taxminlash mumkin.

Lekin shunday anjuman o‘tkazilayotgan bir paytda mamlakatning bir blogeri siyosatga maqbul bo‘lmagan ishlarni ommaga yetkazgani uchun ruhiy kasalliklar shifoxonasida o‘tirgani bunday nekbinlikka soya solishi turgan gap.

Eng afsuslanarlisi, davra suhbatida bu blogerning taqdiri masalasi ko‘tarilmagani kishini o‘ylantiradi.

Har holda mahalliy matbuotda bu masala xususida bir og‘iz so‘z o‘qimadik. Balki aytilgan bo‘lsa ham uni yoritishga jur'at bo‘lmagandir. Yana xudo biladi…

Hatto xalqaro anjumanda qatnashib, o‘ziga nisbatan bo‘layotgan ta'qib va tazyiqlardan himoya istagan boshqa bir jurnalist va blogerning bu istagi ham istisno bilan qabul qilindi.

Xususan, O‘zbekiston matbuotining bugungi “otasi” Komil Allamjonov bu masalada gapni “Jurnalist va blogerlik — hamma narsa mumkin degani emas. Uning ham qonun-qoidasi bor”, deya boshlagani ortida ana shu istisno mana-man deb ko‘rinib turadi. 

Uning “Lekin barcha qonunlarga va belgilangan etika me'yorlariga rioya qilgan holda ishlasangiz-u, sizga nisbatan adolatsizlik va tazyiqlar bo‘lsa, unda sizni albatta himoya qilamiz”, degan va'dasi yuqoridagi gapi kabi tarozi bosmaydi. 

Zero, himoya istagan jurnalist va bloger shu paytgacha qonunbuzarliklar va “belgilangan etika me'yorlariga rioya qilmaslik” borasida tanilmagan.

Uning biz bilgan yagona quroli to‘g‘ri so‘z va adolatni qaror toptirishga urinayotgan qalamidir.

Qolaversa, istisnoda xorazmlik bloger qiz Shabnam Olloshukurovaning taqdiriga ishorani ham ko‘rsangiz bo‘ladi agar istasangiz.

Zero, qonunlarning qanday tatbiq etilishi, “etika me'yorlari”ning me'yori darajasi yuksak martabali amaldorlar va kuchishlatar tizimlarning xohish-irodasiga bog‘liq ekan, hali O‘zbekistonda to‘la erkin matbuotga yo‘l berilishi juda qiyin.

Jurnalistlarni “do‘st” va “dushman” toifalariga bo‘lgan holda ko‘rishga chek qo‘yilmasa ham shu ahvol davom etaveradi. 

Chunki bunday toifalar ham yana o‘sha amaldorlar xohish-irodasiga ko‘ra ajratiladi. Bundan esa yaxshilik kutish yaramaydi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
10 dekabr 2020
Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyning kichik zalida 18 yil davomida taqiqda bo‘lgan “Mahmudxo‘ja Behbudiy” filmining taqdimoti kamtarona va odmi ...
16 dekabr 2016
17 yildan buyon qamoqda qolayotgan taniqli jurnalist, 62 yoshli siyosiy mahkum Muhammad Bekjon jazo izolyatoriga tashlangan va uning muddati ...
22 noyabr 2022
Joriy yilning 9 noyabr kuni Tokiodagi imperator saroyida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, turizm va madaniy meros vaziri Aziz ...
23 aprel 2019
«…voqeadan taxminan bir haftacha vaqt o‘tib, «qora zona»lar chig‘iriqlaridan o‘tib, “mujik”ligini yo‘qotmagan Erix ismli yigit (laqabi “Nemis”) o‘sha Garrining ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...