Asosiy mavzular
16 dekabr 2016

Muhammad Bekjon jazo izolyatoriga tashlandi

17 yildan buyon qamoqda qolayotgan taniqli jurnalist, 62 yoshli siyosiy mahkum Muhammad Bekjon jazo izolyatoriga tashlangan va uning muddati uzaytirilishi mumkin.

Muhammad Bekjonning yaqin qarindoshlariga ko‘ra 13 dekabr kuni ular mahkumni ko‘rish uchun Zarafshon turmasiga borishgan.

Biroq, turma xodimlari Muhammad Bekjon bilan o‘ninchi yanvarga qadar uchrashish mumkin emasligi, uning izolyatorga tushganini bildirishgan.

Nima uchun Muhammad Bekjonning jazo xibsxonasiga tashlangani haqidagi savolga turma xodimlari aniq javob bera olishmagan.

2011 yili ozodlikka chiqishiga bir oy qolganida unga uydirma ayblar qo‘yilib jazo muddati 4 yilu 8 oyga uzaytirilgan edi, bu muddat 2017 yilning fevralida, ya'ni ikki oydan so‘ng tugashi kerak edi.

Bugun esa siyosiy mahkum va jurnalistning tag‘in raskrutka qilinishidan havotir paydo bo‘ldi.

U muxolifatdagi «Erk» demokratik partiyasi rahbari Muhammad Solihning ukasi va «Erk» ro‘znomasining sobiq bosh muharriri bo‘lgani uchun uzoq yillardan beri qamoqda qolmoqda.

Muhammad Bekjon 1999 yildagi Toshkent portlashlari ortidan Kievdagi uyidan o‘g‘irlab ketilgan va portlashlarga aloqadorlikda aybdor, deb topilib, ozodlikdan mahrum etilgan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
3 avgust 2020
O‘zbekistonning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha yangi kampaniyasi diqqat markazi mamlakatning paxtachilik sanoatini xalqaro boykot qilishga qarshi kurashishga qaratilgan, deya ...
3 iyul 2018
Toshkent tumain hokimligi kafolati bilan Turkiyadan qaytgach, 26 iyunda hibsga olingan yirik tadbirkorlar Obid va Olim Bahromovlar Davlat xavfsizlik ...
6 aprel 2020
Rassom Tuz
18 yanvar 2018
Prezident Mirziyoev o‘z chiqishlarida «eski zamonlar tugaganini» bot-bot eslatishiga qaramay, uning mulozimlari Karimovni qo‘msashda davom etishmoqda. «Shu tizim ichida ...
Bloglar
9 sentyabr 2024
Yaqinda miyani o‘rganish bo‘yicha yirik mutaxassis Tatyana Chernigovskaya ma'ruzasida ayollar bir paytning o‘zida hamma narsaga ...
10 avgust 2024
O‘zbekistonda bir arvoh kezib yuribdi. Bu Karimov arvohi. O‘zbekiston Karimov davridagi paranoyaga qaytib matbuotdagi «arvox» ...
8 avgust 2024
«Arabiston tuprog‘ida bola tug‘ish» maqsadidagi xotinlar va ularni yetaklab ketayotgan erkaklar. Arabistonda o‘qilgan sha'riy nikohga ...