Asosiy mavzular
12 dekabr 2019

Imon Karimova: Onamning ishini qiynoqlarda ayblangan tergovchi olib bormoqda

Gulnora Karimovaning Londonda yashayotgan qizi Imon Karimova Instagram sahifasida onasi ustidan borayotgan tergovga oid yangi ma'lumotni e'lon qildi.

Uning yozishicha, Gulnora Karimovaning jinoyat ishini tergov qilayotgan tergovchi 2018 yili “tergov ishlari”ning birida noqonuniy qiynoqlar va qotillik sodir etgan.  

Buxoro viloyatilik tergovchi Rasul Yo‘ldoshev ayni paytda avvaldan o‘rganib qolgan ish usullari va taktikasi vositada Gulnora Karimovaga har safar bolalarining ismini eslatgan va ochiqdan-ochiq tahdid qilgan holda bosim o‘tkazishga harakat qilmoqda. Avvalroq, 2018 yilda u harbiy sud tomonidan buxorolik tadbirkor Ilhom Ibodovni kaltaklash, qiynoqqa solish va o‘ldirishda ayblangan edi. Tergovchi Rasul Yo‘ldoshev va “hamkasblari”ga qarshi 08/26616-18 raqamli jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi. 

Ta'kidlash kerakki, prezident ushbu voqealardan xabardor edi, ichki ishlar bo‘limi va uning xodimlari tomonidan yo‘l qo‘yilgan qonunbuzarlik faktlari va suratlari haqida shaxsan ma'lum qilgandi va “bu jinoyatlarni  sodir etgan tergovchilarning familiyalari ma'lum ekani»ni bildirgandi. 

Afsuski, adolat qaror topmadi va tergovchi Rasul Yo‘ldoshev hozir nafaqat amalda qotillikda ishtiroki uchun jazosiz qoldi, balki lavozimi oshirilib, O‘zbekiston Bosh prokuraturasining o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tergovchisi, podpolkovnik va, shuningdek, adliya maslahatchisi bo‘ldi. U ishlarni o‘zi o‘rgangan tarzda amalga oshirishda davom etadi. Bu esa hukumatga Gulnora Karimovanikidek buyurtma va siyosiy ishlarni yuritishda qulay bo‘lishiga zamin yaratishi ko‘rinib turibdi. Hukumat prezidentning o‘zi noqonuniy xatti-harakatlarda ayblagan bu tergovchiga qarshi qonunda belgilangan qoidalarni qo‘llashi ehtimoli kam. Aksincha, u shunda siyosiy ishlar uchun bir vosita vazifasini o‘taydi va hukumat bu kabi kimsalarni mukofotlashni xush ko‘radi”, deyiladi 9 dekabr kuni Imon Karimova e'lon qilgan ma'lumotda.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
21 yanvar 2020
O‘zbekiston so‘nggi yillarda tobora ko‘proq oltin sotmoqda. Shunga qaramay, mamlakatning tashqi savdo aylamasida salbiy saldo hajmi oshib boryapti.  Masalan, ...
13 dekabr 2021
Qashqadaryo viloyatida joylashgan Shayxali qamoqxonasida nozir bo‘lib ishlagan 38 yoshli G‘affor Akmalov jazoni ijro qilish tizimlaridan nohaq bo‘shatilganidan shikoyat ...
23 mart 2021
Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanida istiqomat qiluvchi M.R. 2020 yil 8 iyul sanasida yaqin qarindoshinikidan chiqib ketganicha 3 kun uyiga ...
27 may 2020
«2016 yil 24 dekabr. Kunduzgi soat 12:00 da shtabdan chopar keldi va zudlik bilan shtabga yetib borishimni aytdi. Shtabgacha ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...