Asosiy mavzular
6 aprel 2020

Tarmoq “ehson ber”, deya qo‘shiqchilarning yoqasidan oldi

Ijtimoiy tarmoqning o‘zbek segmentida “Otarchilar, yo‘taling”, “Ozodbek, day million” degan chellenjlarga javoban “O‘zbekkontsert” davlat muassasasi axborot xizmati bildirgi chiqardi.

Bildirgida aytilishicha, karantin davrining ilk kunlaridan to shu kunga qadar O‘zbekiston xalq artistlari Ozodbek Nazarbekov, Yulduz Usmonova, Farruh Zokirov, Gulsanam Mamazoitova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Ulug‘bek Rahmatullaev, Mavluda Asalxo‘jaeva, Hosila Rahimova, Alisher Turdiev, Ziyoda Qobilova, rejissyor Sa'dulla Abdullaev hamda boshqa san'atkorlar tomonidan O‘zbekiston mehr-shafqat va salomatlik jamoat fondiga 200 million 500 ming so‘m hamda kam ta'minlangan oilalar va aholining boshqa yordamga muhtoj qatlami uchun 152 million so‘m, umumiy hisobda 352 million 500 ming so‘m xayriya mablag‘larini hadya qilingan.

O‘zbek qo‘shiqchilarining elga xayriya qilishi qadimdan kelayotgan an'ana. Ulug‘ hofiz Komiljon Otaniyozov (1917 -1975) to‘ydan tushgan pullarga maktab, ko‘prik, bog‘cha qurdirgani minnatdor avlodlar tomonidan eslanadi. O‘zbek raqs san'ati asoschisi Tamaraxonim (1906 -1991) Ikkinchi jahon urushi davrida o‘zi ishlab topgan 300 ming sovet so‘mini tank zavodiga o‘tkazib bergan edi. Tank zavodi esa ustida “Tamarxonim” deb yozilgan tank yasagandi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
26 mart 2021
“Bilasizmi,” – deydi U sizga tikilib, – Nechun «Erk» deganda, Qushning nomin bog‘lab aytarlar, “Qushday erkinman”, deb aytarlar nega? ...
21 iyun 2020
Bugun O‘zbekistonda haqiqiy ma'noda mustaqillik kuni sifatida nishonlanishi kerak. Chunki bundan 30 yil burun, 1990 yil 20 iyun kuni ...
10 mart 2017
Ilgari Islom Karimovning besh tamoyilidan boshqa narsani ko‘rmaydiganlar endi yangi prezidentning yangi strategiyasini dasturilamal qilib oldi. Har ikki gapning ...
8 iyun 2022
Ikkinchi jahon urushida insoniyat qozongan va nishonlagan g‘alaba kuni aslida 8 iyun ekanini ko‘pchilik bilmaydi. 1946 yil 8 iyun ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...