Asosiy mavzular
29 aprel 2020

«Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasi uchun uyma-uy yurib pul yig‘ishmoqda

Andijon viloyatining Andijon tumanida uchastka nozirlari va mahalla faollari yangi tuzilgan «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasi hisobiga aholidan uyma-uy yurib pul yig‘ishmoqda.

Bu haqda «Eltuz»ga Andijon tumani hokimligida ishlovchi, biroq o‘z ismini ochiqlashni istamagan mulozim 29 aprel kuni xabar berdi.

Uning tasdig‘iga ko‘ra, respublika bo‘yicha barcha tashkilotlarning rahbar bo‘g‘inlariga pul topshirilsin, degan «komanda» bo‘lgan.

«Ro‘yxat bo‘yicha yig‘ib, joylardagi «Saxovat va ko‘mak» bo‘limlariga topshirishmoqda», deya bildirdi hokimlikning ismi sir qolishini so‘ragan mulozimi.

«Bu ishlarning boshida Andijon viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov turibdi. Aslida karantinda uyda o‘tiribmiz. Ixtiyoriy-majburiy deb bosim o‘tkazishyapti, ismimni yozsangiz meni aniq qamatishadi», deya yozg‘irdi u.

Farg‘ona shahridagi gaz ta'minoti idorasining «Eltuz» bilan suhbatlashgan ishchisi ham bu xabarni tasdiqladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, rahbariyat tomonidan aprel oyi maoshining 25 foizi chegirib qolinib, jamg‘armaga o‘tkazilgan.

«Eltuz»ning Farg‘ona shahridan bo‘lgan boshqa bir suhbatdoshiga ko‘ra, pul majburiy-ixtiyoriy tartibda, asosan, tadbirkorlardan yig‘ilyapti va bu ishga MIB ijrochilari ham jalb etilgan.

“Ertalab MIBchi keluvdi. Oyligimizning bir kunligini o‘sha jamg‘armaga o‘tkazvordik”,  dedi 29 aprel kuni «Eltuz» bilan bog‘langan farg‘onalik tadbirkor.

«Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasi muhtoj oilalarga yordam berish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 22 apreldagi qarori bilan tashkil qilingan. 

«Jamg‘arma mablag‘lari karantin davrida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga, ko‘p farzandli oilalarga, nogironligi bo‘lgan shaxslarga va yolg‘iz qariyalarga, o‘z daromadini yo‘qotgan vaqtincha ishsiz bo‘lgan jismoniy shaxslarga yordam berish uchun ishlatiladi. Ular pul mablag‘lari, kundalik iste'mol tovarlari, dori vositalari va boshqa mahsulotlar bilan ta'minlanadi», deyilgan rasmiy xabarda.

Ikki kun oldin bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda prezident Shavkat Mirziyoev tadbirkorlar muhtoj oilalarga yordam ko‘rsatsin, deb aytgan edi. Yordam ko‘rsatgan tadbirkorlarga esa davlat turli imtiyozlar berilishini ta'kidlagan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
13 aprel 2016
eltuz.com saytiga, IShIDga aloqadorlikda ayblanib, 7 yil ozodlikdan maxrum qilingan Jizzaxlik fermer, armani millatli Aramais Avakyanning advokati Olim Qobilov ...
24 mart 2017
24 mart kuni taniqli huquq himoyachisi Yelena Urlaeva Toshkent shahar ruhiy shifoxonasidan ozod etildi. U majburiy davolanishda 23 kun ...
21 sentyabr 2017
20 sentyabr kuni Rossiya Havfsizlik Kengashi (SB) kotibi Nikolay Patrushev Toshkentga keldi va O‘zbekiston Havfsizlik kengashi kotibi Viktor Maxmudov ...
3 may 2016
Aprel oyida ham O‘zbekiston telekanallari «oqil va dono yurtboshi rahnamoligida farovon va baxtli hayot kechirayotgan, mislsiz yutuqlarni qo‘lga kiritgan ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...