juma,
8 noyabr 2024
8 sentyabr 2020
Yangi yil arafasida Istanbulda terakt sodir etgan o‘zbekistonlik 40 ta umrbod va yana 1368 yil qamoq jazosi oldi
Turkiya sudi 2017 yil 1 yanvar kuni Istanbuldagi tungi klubda terakt uyushtirgan o‘zbekistonlik Abdulqodir Masharipovni umrbod qamoq jazosiga hukm qildi, deb xabar bermoqda Reuters.
Rasman Masharipov jami 40 ta umrbod qamoq jazosi olgan va qo‘shimcha ravishda yana 1368 yil qamoq jazosiga hukm qilingan. U muddatidan oldin ozod qilinish huquqiga ega bo‘lmaydi.
Sud jarayonida Masharipov o‘z aybini tan olishdan bosh tortdi.
2017 yil 1 yanvarga o‘tar kechasi Masharipov Bosfor bo‘yidagi «Reyna» klubida avtomat quroldan o‘q uzgan. Uning hujumi natijasida 39 kishi halok bo‘lgan, 65 kishi jarohat olgan. Jinoyatdan keyin u darhol kiyimlarini o‘zgartirib, klubdan qochayotgan olomon orasiga yashirinib, berkinishga muvaffaq bo‘lgan edi.
Eltuz.com