Oyligi berilmagan g‘uzorlik ishchilar qo‘zg‘olon ko‘tarishdi
Qashqadaryoning G‘uzor tumanida 21 oktyabr kuni oylik maoshlari berilmaganidan norozi GTL ENTER ENGINEERING kompaniyasi ishchilari g‘alayon ko‘tarishdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda kaska kiygan minglab ishchi ko‘chaga chiqqani, korxonaga qarashli uskunalarni sindirayotgani aks etgan. Xonalardagi jihozlar ham sindirilgan. Qurilish shirkati o‘z xodimlariga uch oydan beri ish haqlarini bermagani aytiladi.
Qurilish kompaniyasining rasmiy saytida «ENTER Engineering Pte.Ltd.» — neft, gaz va qurilish sohasida Markaziy Osiyo va Rossiya Federatsiyasida yuksak darajada rivojlanib borayotgan kompaniya ekani aytiladi.
«ENTER Engineering»ga 2012 yili asos solingan. Kompaniya turli murakkablikdagi sanoat va texnologik ob'ektlar qurilishiga ixtisoslashgan.
«Eltuz» voqea tafsilotlarini o‘rganmoqda.
Eltuz.com