Qashqadaryoda prezident kelishiga chim bo‘yashmoqda
Qashqadaryoda prezident kelishiga maydonlardagi carg‘aygan o‘tlarning bo‘yalayotgani rasmi 12 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqda tarqaldi.
«Ana, videosi ham keldi. Unda Qashqadaryodagi sarg‘aygan chim yashilga bo‘yalayotgani aks etgan. Prezident Qashqadaryoga ketgandi. Shunga tayyorgarlik menimcha.
Men bu ishni oqlayman. Iloji bo‘lsa, kuz kelib, sarg‘aygan daraxtlarni ham bo‘yab, shahardagi mashinalarning ham eng yaxshilarini («Kaptiva», «Malibu», «Treilblazer», inomarkalar va boshqalar) qoldirish kerak», deya izohladi bu holatni kinoya bilan bloger Zafar Solijonov.
Prezidentning kelishiga atab bu kabi ko‘zbo‘yamachiliklar, masalan, ko‘cha chekkalaridagi archalarning bo‘yalishi O‘zbekistonning marhum Karimov davrida urchigandi.
«Eltuz» nashri 2015 yilning oktyabrida odamlar to‘p-to‘p bo‘lib PVA yelim bilan chanoqlarga paxta yopishtirib chiqayotgani haqida yozgan edi.
Prezident korteji o‘tadigan yo‘l chetidagi xonadon fasadlarini bo‘yash, ko‘chalarga archalar keltirib o‘tqazish, qurib qolganlarini bo‘yash urf bo‘lgan edi.
Shavkat Mirziyoev bularning hammasini bilishi haqida ko‘p aytgan, biroq ko‘zbo‘yamachilik bugun ham davom etmoqda.
Eltuz.com