«Eltuz»ga maktub: Sariosiyo tug‘ruqxonasida ota-onalar talanyapti
Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani tibbiyot birlashmasi tug‘uruqxona bo‘limida ochiqchasiga chaqaloqning ota-onasi yoki yaqin qarindoshlaridan tug‘ruq jarayonida qatnashgan vrachlar kamiga 30 000 dan, hamshiralar 15 000 – 20 000 dan har yo‘l bilan majburlab olishyapti.
Azbaroyi ona bilan bolaga yaxshi qarasin, deb indamay berishyapti. Aks holda onagayam, bolagayam hech kim qaramaydi. Chaqaloqda qandaydir kasallikka qarshi emlash bor ekan. Ular buni ham pulga chaqishib, 15 mingdan pullashyapti.
Bularni boshimdan o‘tgani uchun yozyapman. Menga-ku bor edi, berdim – tasavvur qiling, puli yo‘q odam kelsa qanday ahvolda tushadi? Alloh asrasin, qabulxonaga kirganingizdan 20 ta oq qog‘oz olib keling, deb ola-ol boshlanar ekan.
Bunga mas'ullar bir e'tibor berishsa yaxshi bo‘lardi.
Sariosiyolik Akramjon maktubi