Davlat byudjetidan botmonlab o‘marish bizga yarashadi
AQShning navbatdagi 46-prezidenti ham yana o‘sha qarorgoh – Oq uyga ko‘chib o‘tdi.
O‘zbekistonda esa prezidentning uchta qarorgohi bor – Oqsaroy, Do‘rmon va yaqinda Mirziyoev uchun Toshkent viloyatida yangi qarorgoh qurilgan. Biroq bu ham kamlik qilibdi va endilikda Mustaqillik maydonida hisob bo‘yicha to‘rtinchi qarorgoh qurilarkan.
Bu degani Toshkentdagi yana bir hudud shaharliklardan tortib olinadi – davlat byudjetidan o‘nlab million dollar shunchaki navbatdagi xonning injiqligi uchun sarflanadi. Bu aftidan O‘zbekistonning dunyoda hatto AQShdan ham boy davlat bo‘lgani uchundir…
Faqat Sardoba jabrdiydalariga buni tushuntirish qiyin kechadi. Chunki yuzlab jabrdiydalar hali ham suvga g‘arq bo‘lgan uylari o‘rniga turar joy olishmadi hamda yashash uchun sharoit bo‘lmagan maktab binolari va molxonalarda qolishmoqda.
Manba: https://www.facebook.com/alisher.ilkhamov