Asosiy mavzular
17 mart 2021

Deputat Kusherboevning «blatnoy» lahjasi

Baxtiqaro, sho‘rtumshuq Oliy Majlisimizning yagona shovvoz adekvat deputati bo‘lib ko‘ringan Rasul Kusherboev yo‘l harakati qoidalarini buzganlar to‘g‘risida xabar bergan, shu bilan odamlarning hayotini saqlab qolayotganlarni «kozyol» deb atadi.

Shuningdek, u Jinoyat kodeksidagi 120-moddaning (besoqolbozlik) bekor qilinishi jamiyatning o‘limiga olib keladi, deya xulosa bildirib, bir jinsli munosabatlarning jinoiy javobgarligi saqlab qolinishini targ‘ib qilmoqda.

Ko‘pchilik uni ziyoli deb bilar va hurmat qilar edi. Ammo ma'lum bo‘ldiki, deputatni kolxozdan poytaxtga olib chiqish mumkin, ammo kolxozni deputatdan chiqarib bo‘lmaydi. Echkini yaylovdan olib kelib sitiga boylab qo‘ysang ham u yaylovga intiladi. Mamlakat o‘z deputatining asl mohiyati – oddiy «gopnik» ekanini ko‘rdi.

Afsuski, postsovet odamlarining aksariyati, asosan, o‘qimagan savodsizlar, jinoyatchilikka yaqin bo‘lgan «tushunchalar»ning chuqur ta'sirida qolgan. Bu tushunchalarni odamlar maktabda va mahallada o‘ziga singdirib, ibtidoiy va yolg‘on «qadriyatlar» to‘plamini erkaklar xulq-atvori ideali sifatida hayoti davomida olib yurishadi.

Iqtidorli vatandoshlar kitob o‘qiydilar va ijtimoiy pog‘onada balandroq va tezroq ko‘tarilishadi. Yarim chapani o‘g‘ribasharalar esa odatda hammol, qorovul, nari borsa sho‘pirlik qilishadi. Ammo ba'zida bu toifadan deputat ham chiqadi (xudo saqlasin).

Kusherboev chiqib, «o‘g‘rilar dunyosi»si oid ikkita asosiy qadriyatga maqbul gaplarni gapirdi: gomoseksualga yaqin bo‘lish qo‘rquviga sodiqligini e'lon qildi, hokimiyatni tamsil qilgan rasmiylar bilan hamkorlikni «kozyollik» deb atadi.

Ushbu ikki fobiya uning uchun muhimdir, axir yopiq xonada erkaklar o‘rtasida maxsus ierarxiya rivojlanadi va «kozyollik» jinoiy tashkilotning muvaffaqiyati uchun juda xavfli.

Oddiy dunyoda oddiy odamlar «o‘g‘rilar qadriyatlari»iga sig‘inadiganlar ustidan kulishadi, ularga past nazar va afsus bilan qarashadi. Oliy Majlisning umidli yagona deputati Xitoyning arzon plastmassa soati ustiga surkalgan zarhal kabi ko‘chib tushgani juda achinarli.

Men bu shovvoz deputat tushunadigan tilda gapirishga harakat qilaman: «Bulg‘ab qo‘yding, og‘ayni, endi sen tarbiyali odamlar bilan bir xonada o‘tirmaysan». (Zashkvarilsya tы bratan, i teper s prilichnыmi lyudmi tebe v odnu xatu ne zayti).

Mabodo tushunmagan bo‘lsang, qaytaraman. Haddan oshding, shovvoz. Endi o‘zini hurmat qilganlar sen bilan qo‘l berib ko‘rishish yoki ko‘chada uchrashishdan hazar qiladi.

Toshkentlik jurnalist Nikita Makarenkoning feysbuk sahifasidan olindi.

Tag‘in o‘qing
23 mart 2017
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboevning taklifiga binoan 22 mart kuni davlat tashrifi bilan Ostona shahriga keldi. ...
18 sentyabr 2017
Kun karikaturasi ruknida «Eltuz» nashri, 49 yosh o‘zbek rassomi Shavkat Muzaffarning «Prayer» (Iltijo) karikaturasini taqdim etadi. Bugungi kun zehniyati ...
2 noyabr 2016
«Xalq so‘zi» gazetasi (29.10) «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi so‘rovning natijalari haqida maqola e'lon qildi. ...
30 may 2022
Erkin Vohidov 2016 yilning 30 mayida 79 yoshida vafot etdi. U 1936 yil 28 dekabrda Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida ...
Bloglar
26 avgust 2022
30 yildirki sargardonlikda, avval Norvegiyada keyin Turkiyada yashayotgan Muhammad Solih yangi kulliyoti – asarlar to‘plami ...
15 avgust 2022
Taniqli siyosat arbobi va shoir Muxammad Solih suhbatining davomida sevimli ayoli Oydin xonim bilan kechirgan ...
10 avgust 2022
Taniqli siyosat arbobi va shoir Muxammad Solix bilan may oyida o‘tkazilgan bu suhbat bevosita Eltuz ...