Asosiy mavzular
12 may 2021

Blogerga qamoq jazosi islohot tarafdorlarini dahshatga solmoqda

Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumani sudi 10 may kuni bloger Otabek Sattoriyni tovlamachilik va tuhmat qilishda aybdor deb topib, 6,5 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosini belgiladi. Prokuror ikki oy davom etgan sud jarayoni yakunida Sattoriyga 11 yillik qamoq jazosini so‘ragan edi.

“Biz bu qarordan norozimiz, – dedi Sattoriyning advokati Umidbek Davlatov youtube ga yuklangan izohida. – Bu mutlaqo adolatsiz hukm bo‘ldi”.

Termiz shahri va uning atrofida jamoat manfaatlari buzilishi haqida tez-tez reportaj tayyorlab turgani bilan tanilgan Sattoriyga uzoq muddatli qamoq jazosi belgilangani hamkasb bloger va jurnalistlarning noroziligini keltirib chiqardi.

“Mutlaqo aqldan ozish, – deb yozdi toshkentlik jurnalist Nikita Makarenko ingliz tilidagi tvitida. – 6,5 yillik qamoq jazosiga loyiq bo‘lgan biror narsaning aniq dalillarini ko‘rmadim”.

So‘z erkinligi himoyachilari Sattoriy ishini O‘zbekistonning shaffoflikka sodiqligi sinovi sifatida ko‘rsatgan bo‘lsa-da, rasmiylar unga ayblovini boshqa maqsad bilan ishlab chiqqanga o‘xshaydi. 

Xususan, maqsadlardan biri blogerlar sifatida tanilgan fuqarolik jurnalistlari qaysi chegarani kesib o‘tishlari mumkinligini belgilab berish bo‘lishi mumkin.

Sattoriy ishi mayda firibgarlikda ayblash holatlarini o‘z ichiga olgan bo‘lsa-da, bir necha shikoyat uning jurnalistik so‘rovlari ob'ektlarini shantaj qilayotgani haqidagi da'vo atrofida aylandi. Unga qarshi sa'y-harakatlar ko‘lami esa juda katta edi. 

30 yanvar kuni uni hibsga olish uchun Ichki ishlar vazirligi xodimlaridan iborat katta guruh jalb etilgan va tergovchilar uning uyini tuni bilan tintuv qilishgan.

Biroq tergovchilar o‘z ishlarining tafsilotlarini oshkor qilishdan bosh tortdilar.

Sattoriy – butun O‘zbekistondagi o‘zi kabi blogerlar jamoasining bir qismi. Ularning ba'zilari feysbukdagi akkauntlari, telegram kanallari yoki boshqa platformalardan foydalanib, davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan masalalar bo‘yicha sharhlar va xabar berishadi, ba'zida bu jarayonda o‘n minglab izdoshlar orttiradilar.

Ularning aksariyati ko‘proq o‘z hududlaridagi vaziyatni yoritadi. Mahalliy amaldorlar va xalq orasidagi chuqurlikni ko‘rsatib beradi, ba'zan byurokratiyani bor bo‘y-basti bilan aks ettiradi.

Sattoriy qat'iy ravishda ushbu toifaga mansub edi, ammo prokuratura u jurnalistikadan nafaqat qonunbuzarliklarni fosh qilish, balki shantaj uchun ham foydalanganini ta'kidlamoqda.

Hukm e'lon qilinishidan oldin “Amerika ovozi”ning o‘zbekistonlik muxbiri Navbahor Imomova Sattoriyni qamoqqa olishdan maqsad nafaqat uning ovozini bo‘g‘ish, balki blogerlar uchun ham iqlimni sovitish bo‘lishi mumkinligi haqida fikr bildirgandi.

“Tizim ushbu holatdan tanqidiy ovozlarni ogohlantirish, ularni o‘chirish uchun foydalanmoqda. Fikr bildirish erkinligingiz bo‘lsin, lekin sizni qafas kutmoqda”, deb yozdi Imomova.

Termiz shahridan bir soatlik masofadagi kichik shaharchada o‘tkazilgan bo‘lsa-da, sud majlisida matbuot va jamoat vakillariga tinglovlarga kirish huquqi berilib, jarayonning oshkoraligini ta'minlashga harakat qilmoqchi bo‘lishdi. 

Chekka hudud omili mazkur ishning mahalliy darajadan yuqori ko‘tarilmasligiga umid sifatida ko‘rilgan bo‘lishi ehtimoli ham yo‘q emas. Ammo pirovardida sudning qaror qabul qilish asoslari hatto to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqador tomonlar uchun ham oshkor qilinmadi.

“Biz hanuzgacha uni qamoqqa olish to‘g‘risidagi qaror qanday qabul qilinganini bilmaymiz, – dedi advokat Davlatov Eurasianet nashriga. –  To‘liq tafsilotlar hali ma'lum emas”.

Manba: Eurasianet

Tag‘in o‘qing
19 avgust 2022
Bugun 19 avgust tarixiy kun. 1991 yilning aynan 19 avgustida O‘zbekistonning mustaqil bo‘lishi uchun Moskvada zamin xozirlangan kun. O‘sha ...
12 avgust 2018
Ijtimoiy tarmoqlarda avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalaridagi kilometrlarga cho‘zilgan rekord navbatlarning tasvirlari paydo bo‘ldi. Tag‘in, avtoulovi yo‘qlarning kuni tug‘di, ular ...
26 oktyabr 2020
Ijtimoiy tarmoqlarda populistlar tomonidan Frantsiya mahsulotlariga boykot e'lon qilish haqida chaqiriqlar paydo bo‘lmoqda. Kelinglar, bu tadbirdan kimga qanaqa zarar ...
7 iyul 2017
Xiva yodgorliklari 19 may kungi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tag‘in «rekonstruktsiya» qilinadigan bo‘ldi. Qarorga ko‘ra Xiva xonining yozgi «Nurillaboy» ...
Bloglar
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...
10 oktyabr 2024
Yuksalish maktabining gender ayirmachilikka asoslangan boshqaruvi haqidagi maqolaga o‘quvchilar ikki xil munosabat bildirdi. Bir suruv ...