Asosiy mavzular
22 iyun 2021

BMT ishchi guruhi: Qodir Yusupovning hibsga olinishi asossiz

Yaqinda BMT ishchi guruhi 2018 yil oxirida qamalgan sobiq o‘zbek diplomati Qodir Yusupovning hibsga olinishi o‘zboshimchalikdir, degan xulosaga keldi. BMT organi O‘zbekiston hukumatidan uni ozod etishni so‘radi.

2009 yilda Tashqi ishlar vazirligidan ketguniga qadar Sovet Ittifoqida, so‘ngra mustaqil O‘zbekistonda 30 yil davomida diplomat bo‘lib ishlagan Yusupov 2018 yil 3 dekabr kuni Toshkent metropoliteni yo‘liga sakragan edi. 

Yusupov omon qoldi, ammo kasalxonada ekanida xavfsizlik xizmati uni so‘roqqa tutdi. Bir necha soatlik tergovdan so‘ng go‘yoki u 2015 yildan beri G‘arbning noma'lum davlati uchun josuslik qilganini tan olgan. 

Bir necha oy o‘tgach, yashirin sud jarayonidan so‘ng Yusupov davlatga xiyonat qilishda aybdor deb topilib, besh yarim yilga ozodlikdan mahrum etildi.

2020 yil dekabr oyida inson huquqlari bo‘yicha advokat Jefri Robertson BMTning o‘zboshimchalik bilan hibsga olish bo‘yicha ishchi guruhiga murojaat qilib, o‘zbek hukumati Yusupovning ishida inson huquqlari bo‘yicha majburiyatlarini buzayotganini bildirdi.

Murojaatnomada Yusupovning hibsga olinishi qonuniy asosga ega emasligi va uning sud jarayoni adolatsiz o‘tgani ta'kidlanib, ish batafsil bayon qilingan. 

Ushbu qonunbuzarliklarning bir qismi ma'muriy xarakterga ega. Masalan, Yusupovning hibsda bo‘lish muddati bir necha bor uzaytirilishi va sud jarayoni bir necha bor kechiktirilganini tasdiqlovchi hujjatlar yetishmasligi shular jumlasidan. 

Boshqalari jiddiyroq. Yusupov dastlabki hibsga olinganidan keyin 135 kun davomida tashqi dunyo bilan aloqadan uzib qo‘yilgan, faqat bitta, shaxsiy bo‘lmagan advokat bilan uchrashgan. 

Yusupov, shuningdek, xavfsizlik xizmati tomonidan qiynoqqa solinganini da'vo qildi. Bundan tashqari, dastlab Yusupovga davlat tomonidan tayinlangan advokat o‘zini xususiy advokat deb tanishtirdi va oilasiga bu ish umidsizligini bildirdi.

Ishchi guruhning so‘nggi xulosasiga ko‘ra, O‘zbekiston hukumati 12 martgacha bo‘lgan muddat bilan Yusupov ishi bo‘yicha batafsil ma'lumot olish haqidagi so‘rovlarga javob berishni kechiktirdi. 

Toshkentning javobi 23 aprelda keldi va garchi muddatni uzaytirish mumkin bo‘lsa-da, O‘zbekiston hukumati buni so‘ramagan. Ishchi guruh “javobni o‘z vaqtida topshirilgani kabi qabul qila olmasligi”ni ta'kidlangan. 

Ishchi guruh ayblovlarni rad etish va o‘z xatti-harakatlarini oqlash uchun hukumat zimmasiga dalil yukini yuklaydi. Ushbu ishni muhokama qilishda ishchi guruh O‘zbekistonning kech javobidan noroziligini aniq ifoda etadi va buni jiddiy ayblovlarga qarshi chiqmaslik to‘g‘risidagi tanlov sifatida izohlaydi. 

O‘zbekiston hukumatining javobi, ishchi guruhning boshqa shikoyatlaridan tashqari, “janob Yusupov qanday ushlangani to‘g‘risida ma'lumotni o‘z ichiga olmagan” va “tergov hibsga olinishi sabablari to‘g‘risida hech qanday izoh berilmagan”.

Ishchi guruh fikricha, Yusupovning hibsga olinishi ikki jihatdan o‘zboshimchalikdir. Chunki u “qonuniy asosga ega emas, sababi, zudlik bilan sud organiga taqdim etilmagan, u tashqi olam bilan aloqadan uzib qo‘yilgan, uning shaxsiy buyumlari ordersiz olib qo‘yilgan”. 

Ishchi guruh, shuningdek, Yusupovning adolatli sudga bo‘lgan huquqlari, shu jumladan, uning aybsizlik prezumptsiyasiga bo‘lgan huquqi va “aybini tan olishga majburlanmaslik huquqi” buzilganini aniqladi. Oxir-oqibat ishchi guruh Yusupovni zudlik bilan ozod etishni talab qildi.

Advokat Robertson ishchi guruh bayonoti “o‘z maxfiy siyosati va laganbardor sudyalar shafqatsiz bo‘lishiga yo‘l qo‘yadigan mamlakat uchun eng qattiq tanqid” ekanini ta'kidladi. 

“Maxfiy siyosatning xatti-harakatlari jirkanch edi, chunki ular ruhiy kasallikdan davolanayotgan odamni aybini tan olishga majburlashga urinishdi, so‘ngra 5 oy davomida oilasi va tanlagan advokati bilan barcha aloqalarini man qilishdi. 

Sudyalar unga nisbatan qilingan qiynoqlarni tekshirishdan bosh tortib, qonuniy itoatkorlar kabi harakat qilishdi. Ushbu xulosalarga ko‘ra, o‘z vazifasini suiiste'mol qilgani sababli bosh prokuror iste'foga chiqishi kerak”, dedi advokat.

Robertson, shuningdek, “mahbuslarni politsiya yoki xavfsizlik xizmatlari bilan birga  ishlaydigan advokatlar xizmatiga rozi bo‘lishga majburlash avtoritar mamlakatlarda keng tarqalgan holat” ekanini eslatdi.

Manba: The Diplomat nashri

Tag‘in o‘qing
24 mart 2023
Mana xafta charxpalagi aylanib yana siz qora ko‘zlar bilan birgaman. Tog‘ tog‘ bilan uchrashmaydi.   MS: Odom odom bilan uchrashadi. ...
22 iyul 2019
O‘zbekiston hukumati Xalqaro mehnat tashkilotiga O‘zbekistonda majburiy mehnatning taqiqlanganligi haqida ma'lumotni o‘z ichiga olgan 40.000 nusxa varaqa, shiorlar tayyorlash ...
13 sentyabr 2018
Andijon viloyatida ommaviy paxta yig‘im terimi hali boshlanmagan bo‘lsa-da, 10 sentyabr kuni byudjet ishchi-xizmatchilarining dastlabki guruhi 10 kunlik yotoqqa ...
9 fevral 2017
Prezident Mirziyoev kunda-kunora turli uchrashuvlar o‘tkazmoqda. Televidenie bu uchrashuvlarni qo‘ldan kelgancha qirqib, montaj qilib, amallab efirga uzatyapti. Ammo bosma ...
Bloglar
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...
10 oktyabr 2024
Yuksalish maktabining gender ayirmachilikka asoslangan boshqaruvi haqidagi maqolaga o‘quvchilar ikki xil munosabat bildirdi. Bir suruv ...