Asosiy mavzular
10 dekabr 2021

BMT maxsus ma'ruzachisining O‘zbekistonga olqishi va tavsiyasi

BMTning inson huquqlari bo‘yicha maxsus ma'ruzachisi Fionnuala Ni Aolain O‘zbekiston hukumatining Suriya, Iroq va Afg‘onistondagi ayollar va bolalarni vataniga qaytarish va reintegratsiya qilishga qaratilgan “Mehr” operatsiyasini yuqori baholadi. 

“Oila birligi va jamiyatni qo‘llab-quvvatlashga asoslangan o‘zbek modeli vatanga qaytarish, bola manfaatlarini ko‘zlash, ziddiyatli hududlardan qaytgan ayollarni mazmunli reintegratsiyalash bo‘yicha siyosiy, huquqiy va ijtimoiy harakatlar markazida bo‘lgan ilg‘or tajriba namunasidir”, dedi Ni Aolain.

Suriya shimoli-sharqidagi lagerlarda minglab ayollar va bolalar mojarolashayotgan guruhlar tomonidan o‘zboshimchalik bilan hibsga olingan. 

BMT ekspertlarining ta'kidlashicha, ular qiynoqqa yoki boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomalaga, zo‘ravonlik, ekspluatatsiya kabi xalqaro huquqqa zid munosabatga duchor bo‘lishadi.

BMT maxsus ma'ruzachisi dunyo mamlakatlarini bu insonlarni o‘z vataniga qaytarishda O‘zbekistondan namuna olishga da'vat etdi.

Shu bilan birga, Ni Aolain O‘zbekistonga 10 kunlik tashrifi yakunida terrorizmga qarshi kurashda inson huquqlari va asosiy erkinliklarini, jumladan, fikr bildirish, yig‘ilish, adolatli sudlov, ozodlikdan mahrum qilish, qiynoqlardan ozod qilish, diniy erkinlik va e'tiqod huquqini himoya qilish choralarini kuchaytirishga chaqirdi. 

U O‘zbekistonning terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonunlari, xususan, Jinoyat kodeksidagi ko‘plab moddalarning keng va noaniq mazmuni bilan bog‘liq xavotirlarini bildirdi. 

Maxsus ma'ruzachining ta'kidlashicha, xalqaro huquq, shuningdek, terrorizmga qarshi kurash va inson huquqlari bo‘yicha standartlarga muvofiqligini ta'minlash uchun ularni jiddiy qayta ko‘rib chiqish lozim. 

U terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash bo‘yicha amaldagi me'yoriy hujjatlarning fuqarolik jamiyati va notijorat tashkilotlarga salbiy ta'sirini bartaraf etish zarurligini qayd etdi.

Ni Aolain ilgari milliy xavfsizlik bahonasida hibsga olingan, xususan, qiynoqlar, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomalaga uchragan shaxslarning huquqlari jiddiy buzilishi holatlarini bartaraf etish uchun tergov o‘tkazish, mazmunli himoya vositalari va tovon to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lgan rasmiy va mustaqil tekshirish mexanizmini yaratishni tavsiya qildi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
7 fevral 2023
Bu odamni etini jimirlatgan dahshatli o‘g‘irlik 2 fevraldan 3 fevralga o‘tar kechasi Vobkentning Xalach qishlog‘ida sodir bo‘ldi.  Qop qora ...
18 fevral 2016
28 yashar rus taksichi qizning pullarini olib, o‘ldirib, keyin mashinasiga o‘t qo‘ygan 24 yoshli Sotvoldiev 14 yarim yil qat'iy ...
22 sentyabr 2021
Rassom Kirpi
22 aprel 2016
«Pravda vostoka» gazetasi Toshkentda milliy innovatsiya tizimi masalasida bo‘lib o‘tgan ilmiy-amaliy anjumanda xorijlik mehmonlar ham ishtirok etganini bildirdi. Ana ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...