Kundalik
18 fevral 2016

Taksichi rus qizini o‘ldirgan Sotvoldiev qamaldi

28 yashar rus taksichi qizning pullarini olib, o‘ldirib, keyin mashinasiga o‘t qo‘ygan 24 yoshli Sotvoldiev 14 yarim yil qat'iy rejimli qamoqqa hukm etildi.

Vladimir viloyati Prokuraturasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2011 yildan buyon Rossiyada yashab kelayotgan o‘zbekistonlik Anvarjon Sotvoldiev qurilishda ishlagan, shuningdek gop-stop ya'ni odamlarning pulini olib keyish o‘ldirib yuborish bilan pul undirishni rejalagan.

Shu maqsadda u 27 yanvar kuni kechqurun, tanish taksichi qizga qo‘ng‘iroq qilib Baberixa qishlog‘iga olib borib qo‘yishini so‘raydi. So‘ng mashinadayoq ayolga pichoq bilan tashlanib, pullarini berishni talab qiladi.

Undan qo‘rqqan jabrlanuvchi, unga yonidagi bor narsalari: 5 ta tilla uzuk va elektroshokerni beradi. Mashina eshigini ochib, qochmoqchi bo‘ladi. Biroq qotil baribir uning izidan quvib yetadi va bo‘g‘iziga pichoq uradi.

Shuningdek, targov ma'lumotlariga ko‘ra Anvar Sotvoldiev, yarador rus ayolini yoqib yuborish uchun mashinaga olib borayotganida, qo‘lidan tashlab yuborib, qurboniga tag‘in boshiga og‘ir ziyon yetkazgan. Keyin esa izlarni yo‘q qilish maqsadida, 28 yashar taksichi qizni mashinada qoldirib ustidan o‘t qo‘yadi.

Rossiya tergovchilari jinoyatni uch kun ichida fosh qilishganini aytishmoqda, ayblanuvchi esa sudda unga qo‘yilgan ayblarni inkor etgan, biroq sud javobgar tomon versiyasini asossiz deb topgan.

Rossiyaning Kovrov shahar sudi Anvar Sotvoldievni bir qator og‘ir va o‘ta og‘ir deya malakalangan jinoyatlar, jumladan “qurol ishlatish va zo‘rovonlik bilan qilingan qaroqchilik”, “ qotillik”, “begonaning mulkini o‘t qo‘yish yo‘li bilan qasddan yo‘q qilish” ayblari qo‘yildi.

Shuningdek, sud 1992 yil tug‘ilgan o‘zbekistonlik Anvar Sotvoldievning jabrlanuvchi tomonga 1 yarim million rubl tovon puli to‘lashi belgiladi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
15 dekabr 2015
Bunda pivo istisno qilingan. Yangi narxlar Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2015 yilning 3 dekabrdagi qo‘shma qarorida tasdiqlangan. ...
13 dekabr 2018
Filmning so‘nggi, 5-qismi sobiq militsiya mayori, xalq orasida “Rembo” deya nom qozongan Qahramon Xo‘jaqulov qarindoshlarining sirli o‘limlari, Xo‘jaqulovni hibsga ...
25 mart 2017
Dollar narxi oshishi bilan ayniqca kartoshkaning narxi oshgani odamlarning noroziliklariga sabab bo‘lmoqda.
21 sentyabr 2021
O‘sha mash'um 30-yillarda millatimiz oydinlarining qatag‘onlari tepasida turganlar orqasida nafaqat millat xoinlari, balki millatimizning chinakam tashqi dushmanlari ham ko‘p ...
Bloglar
26 mart 2023
Toshkentda Rauf Parfining ilk haykali ochiladi. 27 mart soat 11 da Tadbir Amir Temur prospektidagi ...
21 mart 2023
Eltuz o‘zining kundalik ko‘rsatuvlarini davom ettiradi. Bugungi ko‘rstuvimizga o‘tgan asrning to‘qsoninchi yillaridan buyon AQShda yashayotgan ...
13 mart 2023
«Yeltuz» kanalida o‘z videoblogini yuritayotgan AQShda yashayotgan 70 yoshli qishloq xo‘jaligi mutaxassisi Ismoil Ospanov aprel ...