Asosiy mavzular
11 yanvar 2022

Avliyo Lukaning bashorati

Lukashenkoning yaqin kelajakda «O‘zbekiston ham g‘alayonga sahna bo‘lishi» haqidagi gapini ikki xil talqin qilsa bo‘ladi: Birinchi talqin – «Luka O‘zbekistonni ODKB (KXShT)ga kiritish uchun bosim qilyapti.» Ikkinchi talqin esa – «Haqiqatdan ham shunday tahlika mavjud».

Demak, Qozog‘istondagi muammolardan biri – «bir hovuch boylarning yaxshi yashab, aksar aholining qiyinchilikka mubtalo bo‘lishi» edi. Ya'ni, mamlakat boyligining aksari bitta oila mansub bo‘lgan Shaprashti urug‘ining 200 a'zosi qo‘lida bo‘lganidir. Bu muammo O‘zbekistonda bormi yoki yo‘q?

Ikkinchi muammo – Elbasi Nazarboev kuyovlarining hashamatga o‘chligi¸ ochko‘zligi va reyderlari bilan bog‘liq. Bu muammo O‘zbekistonda bormi yoki yo‘qmi?

Uchinchi muammo – qattiq sovuqda gaz qimmatlashi va energiya bilan bog‘liq muammo. Bu muammo O‘zbekistonda bormi yoki yo‘q?

To‘rtinchi muammo – boshqaruv tizimlaridagi oshkora o‘g‘irlik¸ korruptsiya¸ tendersiz buyurtmalar va huquqiy nigilzm. Bu muammo O‘zbekistonda bormi yoki yo‘qmi?

Beshinchi muammo – esa aynan O‘zbekistonda mavjud bo‘lib, bu barcha sanalgan boshqa muammolarni portlatadigan detonator vazifasini bajarishi mumkin. Bu ehtimoliy falokat O‘zbekistonning o‘zidagi taym bombadir. Bu – vahobiylik, salafiylik, Hizb ut-Tahrir kabi ekstremistik oqimlarga ortiqcha moyillik, IShID va Tolibonga nisbatan o‘zbeklarning oshkora ehtirosli muhabbati, takfirchilik. (Tolibon g‘alabasini oshkora qutlash, Suriyaga seks jihodga keltgan minglab ayollar, Misr va Turkiyada vahobiylik markazlarida o‘qitilayotgan bolalar va hokazo)

Gapning ochig‘i, peshanamiz sho‘rligi aniq.

Tag‘in o‘qing
31 yanvar 2020
Ertaklar ikkiga bo‘linadi – o‘tmish va bugun ertaklari. Erkaklar ham ikkiga bo‘linadi – xotini olib bergan mashinani minib oshnasiga ...
23 may 2024
Buxorolik ishsiz, bo‘ydoq rijol Jasur Sultonov Telegram ijtimoiy tarmog‘ida «Qizlik olish detski», «1000% ishonchli», «Hijobli homilador», «Aylana videolar» nomli ...
7 sentyabr 2021
Uzoq yillar davomida O‘zbekistonda talabalar uchun yangi o‘quv yilining boshlanishi paxta terimiga chiqishni anglatardi. Terimdan bosh tortish deyarli mumkin ...
9 sentyabr 2016
Mustaqil matbuotda va ijtimoiy tarmoqda Karimovning nojoiz joyga dafn etilgani, zudlik bilan maqbara qurish uchun 120 tacha mozor buzilgani ...
Bloglar
14 iyul 2025
Rassom og‘a doim bolasini o‘ris bog‘cha va maktabga berganlarni qoralaydi. Bu fikrga to‘liq qo‘shilaman. Doim ...
18 iyun 2025
«O‘zbekcha fikrlash»ni musorga otvormasak dunyoga razil bo‘lishda davom etamiz.Nima o‘zi «O‘zbekcha fikrlash»?Masalan O‘zbekiston qonunida «jins ...
16 iyun 2025
Teatr zamon yuziga ko‘zgu tutishi kerak. Lekin o‘zbek teatri buni eplay olmayapti. Drama yozadigan birorta ...