Asosiy mavzular
16 avgust 2022

Yunusobodda Jentra haydovchisi obodonlashtirish xodimini urib yubordi

Eltuz muxbirining yozishicha, dushanba kuni tushlik paytida Toshkentning Yunusobot tumani IIB yonida katta tezlikda Jentra avtomashinasini boshqarib borayotgan shaxs obodonlashtirish xodimasini urib yuborgan.

Natijada taxminan o‘rta yoshlarda bo‘lgan ayolning boshi ikkiga bo‘linib ketgan, dedi marhumani o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan Eltuz muxbiri.

«Ayolning boshi ikkiga bo‘linib ketibdi. Yo‘llar qon, rasmini yuborishga ochig‘i yuragim dosh bermadi. Mashina to‘xtamasdan ketvorgan va hozirgacha topilmapti emish. Hamma joy kameraga to‘la davlatda qanaqasiga bitta mashina topilmasligi mumkin?», deya xabar berdi Eltuz muxbiri.

Obodonlashtirish xodimasi kerakli yo‘l belgilarini qo‘yib, yo‘l chetini supuryotgan bo‘lgan.

Shunga qaramay, avtomobilni boshqarayotgan shaxs ayolni belgi bilan birga urib yuborgan.

Halok bo‘lgan ayol va haydovchi haqida Eltuz qo‘shimcha ma'lumotga ega emas.

Eltuz rasmiylar munosabatini kutib qoladi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
11 iyun 2019
Rassom Kirpieltuz.com
31 dekabr 2018
2018 yil 31 dekabr kuni O‘zbekiston, Kanada, Shvetsiya, Shveytsariya, Finlyandiya, Turkiya va Amerikadan turib 12 nafar o‘zbek vatandoshi prezident ...
21 iyun 2023
Dunyodagi ilk boshqaruv tizimi g‘or davrida bo‘lgan. Qabila oqsoqoli qo‘tosni ushlay olmay qochirib yuborgan ovchining o‘zini qoziqqa o‘tqazib, gulhanda ...
17 aprel 2018
Rossiyaning «Birinchi» telekanali O‘zbekiston hukumati bilan hamkorlikda mamlakat ichkarisida alohida telekanal ochmoqchi. Bu haqda Axborot va kommunikatsiyalar vazirligi matbuot ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...