chorshanba,
18 dekabr 2024
13 aprel 2024
Bo‘rijarda 3 kishi cho‘kib ketdi
10-aprel kuni Bo‘rijar kanalining Toshkent shahri Chilonzor tumanidan o‘tgan qismida uch kishi, jumladan 5 yoshli bola va uning onasi cho‘kib ketdi, deya xabar bermoqda Eltuzga ushbu qayg‘uli xabarni yo‘llagan manba
Guvohlarga ko‘ra, 5 yoshli bola qirg‘oqda o‘ynab yurgan payti tasodifan suvga tushib ketgan. Buni ko‘rgan onasi bolani qutqarish uchun suvga sakragan, biroq kuchli oqim tufayli ayol ham cho‘kib ketgan. Boshqa bir kishi ularga yordam berishga harakat qilgan, ammo uni ham suv oqimi olib ketgan.
Manbaning qo‘shimcha qilishicha qutqaruvchilar bola va ayolning jasadini topgan, erkakni qidirish ishlari esa davom etmoqda.