Asosiy mavzular
20 aprel 2024

Umida Niyozovaga huruj qilgan sharafsizning tanobi tortilsin!

Farg‘ona viloyatidagi va umuman vodiydagi barcha professional jurnalist va ziyolilarga ikki og‘iz gapim bor.

Vodiy azaldan mehmondo‘stligi bilan tanilgan.

Chetdan kelgan odamning yoqasidan olib «obonchilik» qilish, «shantaj» va kimlargadir yollanib kelgan mehmonni atay obro‘sizlantirish harakatlari va pogrom vodiylikka yarashiq ish emas.

Farg‘ona viloyatida o‘ziga bloger deb nom qo‘yib olgan g‘irt savodsiz va tuban bir yaratiq Shuxrat Esonov Germaniyadan Farg‘onadagi jurnalist Sharifa Madrahimovaning uyiga atay mehmon bo‘lib kelgan Umida Niyozovani haqorat va sazoyi qilgani fakti juda uyat ish bo‘ldi.

Huquqni himoya qiluvchi organlar bu «pogrom»ga huquqiy baho beradi.

Lekin ma'naviy jihatdan Farg‘ona jurnalistlari va xalqini uyatga qo‘ygan bu sharafsizga nasihat qilish va haddini bildirish viloyat ziyolilari zimmasidagi vazifa deb bilaman.

Umida Niyozovaga qilingan pogrom yuzasidan Germaniya Tashqi ishlar vazirligi va O‘zbekiston agrar sohasiga investitsiya kiritishga oid xalqaro tashkilotlar tashvish bildirdi.

Bu sharafsiz «bloger» O‘zbekiston prezdidentining paxta majburiy mehnatiga barham berish bo‘yicha qilgan ishlarini shubha ostiga qo‘yib xalqaro darajada mamlakat imidjini yomonlashishiga «hissa» qo‘shdi.

Bunga stop deyish joiz. Buloq boshidagi itning o‘ligi kabi barcha ichadigan suvni bulg‘amasin.

Qadim va mehmondo‘st Farg‘ona ziyolilarining bu vaziyatdan jiddiy xulosa chiqarishiga ishonaman.

Eltuz Bosh muharriri Qudrat Bobojon

Tag‘in o‘qing
29 may 2017
Ikki yildan beri Istanbulda yashab kelgan O‘zbekiston vatandoshi Shahnoza. K o‘zi bilan bir uyda istiqomat qiladigan ukasi 24 yashar ...
19 oktyabr 2023
O‘zbekistonda issiqxona xo‘jaliklari yo‘q bo‘lib ketish arafasida, deya hisoblamoqda o‘zbekistonlik mustaqil iqtisodchi Yuliy Yusupov. Uning ijtimoiy tarmoqda chop etgan ...
28 iyun 2016
O‘zbekistondagi matbuot va rasmiy statistika har yili O‘zbekistonda nikox holatlari ko‘payayotgani va ajralishlar soni kamayib borayotgani haqida yozadi. Balki ...
8 dekabr 2016
Ayni paytda Bosh vazir o‘rinbosari Rustam Azimovning 22-noyabrdagi “Plastik karta orqali hisob-kitob qilishda naqd pulga nisbatan 20-25 foizga qimmat ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...