Asosiy mavzular
19 oktyabr 2023

Yuliy Yusupov: O‘zbekistonda issiqxona xo‘jaliklari yo‘q bo‘lib ketish arafasida

O‘zbekistonda issiqxona xo‘jaliklari yo‘q bo‘lib ketish arafasida, deya hisoblamoqda o‘zbekistonlik mustaqil iqtisodchi Yuliy Yusupov.

Uning ijtimoiy tarmoqda chop etgan maqolasiga ko‘ra, O‘zbekistonda issiqxonalar sohasining tanazzulga yuz tutishiga aynan ularning gaz tarmog‘idan uzilib, ko‘mir yonilg‘isiga o‘tkazilishi sabab bo‘lishi mumkin.

Meva-sabzavot yetishtiruvchilar milliy assotsiatsiyasi ma'lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistonda 5,2 ming gektar maydonda 6 mingdan ortiq issiqxona faoliyat ko‘rsatib, ularda 600 million dollarlik mahsulot, jumladan, 300 million dollarlik eksportdan daromad olingan. Sohada 35 mingdan ortiq kishi ishlamoqda.

Sohaning asosiy muammosi bugungi kunda, rasmiylarning negadir issiqxonalarni gazdan ko‘mirga o‘tkazmoqchi bo‘lishayotganida ko‘zga tashlanadi, deya yozadi Yusupov.  

Birinchidan issiqxona egalari mamlakatda iste'mol qilinadigan gazning atigi 1% ni ishlatadi, bu gaz isrofiga olib kelmaydi,

Ikkinchidan esa ular mutlaqoz gaz haqini to‘lash salohiyatiga ega va ular buni eng yuqori tariflarda to‘lashga tayyordirlar. Biroq ayni paytda, hisob-kitoblar shuni ko‘rsatadiki, ko‘mirga o‘tish ko‘plab ishlab chiqarish ob'ektlarini rentabelligining pasayishiga olib keladi va ularni yopishga to‘g‘ri keladi. Ko‘mirda ishlaydigan uskunalarga sarmoya kiritilishi tarmoqning qarz yukini yanada og‘irlashtiradi. Shu bilan birga, sanoat allaqachon qariyb 1 milliard AQSh dollari miqdorida qarz olgan. Mamlakatning yillik yalpi ichki mahsuloti esa 80 milliardga teng.  Ishonchim komilki, issiqxonalarga berilgan kreditlar o‘sha mansabdor shaxslarning bosimi ostida va biznes uchun qulay shart-sharoitlar va'dalari ostida taqsimlangan.

Prezident Mirziyoev 11 avgust kuni Buxoroda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Energetika vazirligi, viloyatlar hokimlari va issiqxona xo‘jaliklari o‘rtasida uch tomonlama bitimlar tuzishga topshiriq berdi. Bunga ko‘ra, issiqxonalarni yoqilg‘i mahsulotlari (ko‘mir va gaz) bilan uzluksiz ta'minlash kafolatlanishi kerak. Davlat raxbarining ushbu farmoyishidan umidlangan issiqxonachilar ko‘chat ekishni boshlab yuborishdi.

Ammo shu kungacha ularga gaz ulanishi rad etib kelinmoqda. 12 oktabr kuni 50 dan ortiq issiqxonachilar Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi vakillari bilan uchrashdi, biroq bu masala haligacha hal bo‘lgani yo‘q.

Nimaga mulozimlarning bu sohani yo‘q qilish darajasida oyoq tirashayotgani, to‘lanmagan kreditlar tufayli moliyaviy inqirozni qo‘zg‘atishda qat'iylik ko‘rsatishayotganini tushunish qiyin, deya yozadi iqtisodchi.

“Eslatib o‘taman, bir necha yil avval issiqxonalarni gazga ulash orqali haqiqiy korruptsiya to‘dasi yaratilgan edi, har tugul ularni sindirishga muvaffaq bo‘lindi. Bir yil oldin ularning gaz ta'minotini to‘xtatmoqchi bo‘lishdi, lekin ular bunga qarshi turishdi. Mana tag‘in bu hol…” deya yozdi O‘zbekistonlik iqtisodchi Yuliy Yusupov.

Uning ayni maqolasi teleramda chop etilishishi bilan tez orada Qoraqalpog‘iston va Navoiy viloyatida issiqxonachilarni gaz bilan ta'minlay boshlashgani haqida xabar paydo bo‘ldi. Demak, issiqxonalar bilan bog‘liq holat iqtisodchi olim o‘ylagan miqyosda vahimali emas. 

Eslatib o‘tamiz Yuliy Yusupov, Toshkentda joylashgan “Iqtisodiy rivojlanishga ko‘maklashish” markazi direktoridir. Eltuz iqtisodchi o‘z maqolasida yoritgan mamlakatdagi issiqxonalar sohasi rivojiga to‘sqinlik qiluvchi muammolarni siz bilan birgalikda o‘rganishda davom etadi. Kanalimizga obuna bo‘ling, videolarimizga layk bosing.

Tag‘in o‘qing
5 yanvar 2016
Elsevar taxallusi bilan ijod qilishni ma'qul ko‘rgan bu rassom yigit 34 yoshda. Buxoroda yashab ijod qiladi. Eltuzning shtatli rassomi ...
6 aprel 2021
O‘zbekistonning sobiq prezidenti Islom Karimovning qizi Gulnora Karimova 2013 yildan beri Shveytsariyada korruptsiya va pul yuvish bilan bog‘liq ishlar ...
5 may 2016
«Gumrohlar», «Aldangan ayol», «Ajal jodusi», «Odnoklassniki» kabi bugungi hukumatning mafkuraviy talablariga javob beradigan filmlar rejissyori Hilol Nasimov bu kabi ...
9 oktyabr 2017
Jurnalist Bobomurod Abdullaning qamoqqa olinishi ortidan, o‘zbek hukumati uzoq muddat qamoqda saqlangan bir nechta huquq faollarini ozod qildi. 7 ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...