Asosiy mavzular
20 may 2024

Front line defenders: Umida Niyazovaga tahdidlar haqida

2024 yil 30 aprel kuni hukumatparast bloger YouTube tarmog‘ida taniqli ayol huquq himoyachisi Umida Niyazovaga qaratilgan tuhmatli videoni chop etdi. Avvalroq, 18 aprel kuni o‘sha bloger noma'lum shaxs hamrohligida Umida Niyazova va uning hamkasbi huquq himoyachisi Sharifa Madrahimovani Farg‘ona viloyatidagi Madrahimovaning uyi oldida ta'qib qilgan edi.

Umida Niyazova – 2008 yilda inson huquqlari sohasidagi faoliyati bilan bog‘liq ayblovlar ortidan to‘rt oylik qamoqda o‘tirganidan so‘ng O‘zbekistonni tark etgan o‘zbek huquq faoli. Endilikda u Germaniya fuqaroligini olib, mehnat huquqlari bilan bog‘liq muammolarni hujjatlashtirish va monitoring qilish maqsadida O‘zbekistonga safar qilishda davom etmoqda. Umida Niyazova – O‘zbekistondagi inson va mehnat huquqlari buzilishi masalalarini o‘rganishga bag‘ishlangan Germaniyada tashkil qilingan – “Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbek forumi” nodavlat tashkiloti direktori va asoschisi. “Cotton Campaign” koalitsiyasining asosiy hamkori bo‘lgan mazkur tashkilot 2010 yildan buyon O‘zbekistondagi paxta terimini, shuningdek, qishloq xo‘jaligidagi islohotlarning fermerlarga ta'sirini kuzatib boradi.

Sharifa Madrahimova – farg‘onalik o‘zbek huquq faoli, jurnalist va taniqli jamoat yetakchisi. Mustaqil muxbir sifatida O‘zbekistondagi turli ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qiladi.

“O‘zbekistonga qarshi axborot xuruji narxi qancha, Umida Niyazova xonim?” sarlavhali YouTube tarmog‘idagi tuhmatli videoda Niyazova O‘zbekistondagi inson va mehnat huquqlari haqida muntazam ravishda yolg‘on xabar tarqatayotganlikda ayblangan. Hukumatparast bloger Niyazovani O‘zbekistonni obro‘sizlantirish maqsadida «G‘arb davlatlari» tomonidan moliyalashtirilgani haqida kengroq tuhmat kampaniyasi olib borish bilan tahdid qilgan. Videoda, shuningdek, quvg‘indagi o‘zbek inson huquqlari tashkilotlari mamlakatdagi inson huquqlari ahvoli haqida yolg‘on ma'lumot tarqatishda ayblanadi.

Aprel oyi o‘rtalarida Umida Niyazova va Sharifa Madrahimova O‘zbekistonda fermerlar va paxta korxonalari vakillari bilan uchrashdi. 18 aprel kuni Farg‘ona viloyatidagi Sharifa Madrahimovaning uyi yonida hukumatparast bloger va noma'lum shaxs ularni ta'qib qilib, faollarga tahdid qilgan. Ikki kishi Umida Niyazovani qo‘rqitib, haqorat qilgan va o‘sha oy oxirida, 30 aprel kuni chop etilgan tuhmatli videoning asosiy mavzusiga aylangan O‘zbekistonga qarshi axborot hujumlarini uyushtirganlikda ayblagan. Blogerning hamrohi esa butun hodisani videoga yozib oldi. Bloger ularning joylashuvi va navbatdagi rejalarini aniq bilganiga qaraganda, ayol huquq faollari to‘liq kuzatuv ostida bo‘lishganiga ishonchlari komil.

Ikki nafar ayol huquq himoyachilari mashinaga o‘tirib, ta'qibdan qutulishga urinmoqchi bo‘lganida, bloger va uning hamrohi ularni jismonan qo‘rqitib, mashina eshigini yopishlariga xalal berdi. Oxir-oqibat ular yo‘lida davom etishga muvaffaq bo‘lsa-da, ammo mazkur hodisa xavfsizlik nuqtai nazaridan ularni safarlarini qisqartirishga undadi.

2024 yil 19 aprelda Sharifa Madrahimova aybdorlardan biri hisoblangan hukumatparast blogerning nomini keltirgan holda ta'qib haqida Uchko‘prik tuman ichki ishlar bo‘limiga xabar berdi. Biroq 2024 yil 28 aprel kuni huquq-tartibot idoralari bloger tomonidan hech qanday qoidabuzarlik aniqlanmagan degan xulosaga keldi. 2024 yil 30 aprelda, oradan ikki kun o‘tib, tuhmatga yo‘g‘rilgan video YouTube’da e'lon qilindi.

Markaziy Osiyoda mehnat huquqlarini ta'minlash va majburiy mehnatga chek qo‘yish tarafdori bo‘lgan “Cotton Campaign” koalitsiyasi xuddi shunga o‘xshash hodisalar, ya'ni mustaqil monitorlar va ishchilar sifatida huquq himoyachilari ta'qiblar, tahdidlar va sayohat cheklovlariga duch kelgani haqida xabar berdi. Ularning bayonotida huquq-tartibot idoralari xodimlari O‘zbekistonning Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanidagi fermerni “O‘zbekistonga qarshi” harakatlar sodir etganlikda ayblab, uni so‘roq qilgani qayd etilgan. Qolaversa, 2024 yilning yanvarida Ichki ishlar vazirligi xodimi “O‘zbek forumi” kuzatuvchisini jinoiy javobgarlikka tortish bilan tahdid qilib, u “Indorama Agro” paxta shirkatining qishloq xo‘jaligi ishchilari bilan muloqotda bo‘lgani va u yerda mehnat huquqlari buzilgani haqida xabar bergani uchun uning hayoti xavf ostida ekanligidan ogohlantirgan. 2023 yil avgust oyida rasmiylar “Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbek forumi” tashkiloti bilan ishlovchi yana bir huquq himoyachisiga mehnat huquqlari bo‘yicha treningda qatnashish uchun safarga chiqishiga to‘sqinlik qildi; Tuman militsiyasi ularning pasportlarini olib qo‘yib, rejalashtirilgan sayohat sanasi tugaganidan keyingina qaytarib berdi.

“Front Line Defenders” tashkiloti Umida Niyazova va Sharifa Madrahimovaga qilingan ta'qibni va undan keyin qilingan tuhmatni qoralaydi. Tashkilotning fikricha, ayol huquq himoyachilari mehnat huquqlari buzilishiga qarshi qonuniy tarzda inson huquqlarini himoya qilganliklari ortidan ta'qibga uchragan. “Front Line Defenders” tashkiloti mehnat huquqlari sohasida faoliyat yuritayotgan huquq himoyachilarining ta'qib qilinishidan jiddiy xavotir bildiradi. Chunki bu holatlar inson huquqlari himoyachilarini O‘zbekistonda o‘zlarining o‘ta muhim faoliyatini amalga oshirishiga xalal berib, salbiy oqibatlarga olib keladi.

“Front Line Defenders” tashkiloti O‘zbekiston hukumatini quyidagilarga chaqiradi:

1. Umida Niyazovaga qilingan tuhmat hamda Umida Niyazova va Sharifa Madrahimovaga nisbatan ta'qibni ommaviy ravishda qoralash;

2. Mazkur hujum ayol huquq himoyachilarining inson huquqlarini himoya qilish faoliyatiga ehtimoliy aloqadorligini tan olgan holda zudlik bilan tergov o‘tkazish va aybdorlarni javobgarlikka tortish maqsadida natijalarni e'lon qilish;

3. Umida Niyazova va Sharifa Madrahimovalarning jismoniy va ruhiy xavfsizligini ta'minlash;

4. O‘zbekistondagi barcha huquq himoyachilari o‘z qonuniy faoliyatini tahdid va ta'qibdan qo‘rqmasdan amalga oshirishlarini kafolatlash.

Tag‘in o‘qing
10 may 2020
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 9 may kuni Toshkentda Xitoydan taklif qilingan haykaltaroshlar tarafidan “neostalinizm” uslubida barpo etilgan G‘alaba bog‘ini ...
21 fevral 2017
Bugun O‘zbekistonda barcha banklar «xalq manfaati»ni o‘ylab qolgan. Ularning vakillari uyma-uy yurib, odamlarga kredit tarqatish bilan ovora. Yangi prezidentning ...
25 fevral 2017
Ijtimoiy tarmoqda o‘zbek to‘yidagi kuyovning kelindan bo‘sa olish an'anasi yuzerlar nafratiga duch keldi. 22 fevral kuni Feysbuk tarmog‘iga qo‘yilgan ...
5 aprel 2022
AQSh prezidenti Jo Bayden Vladimir Putinni harbiy jinoyatchi deb atadi va rus harbiylari tomonidan Buchada tinch aholining o‘ldirilishi uchun ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...