Asosiy mavzular
13 oktyabr 2024

Nasiya telefon, yopilgan lotok va panjara ortidagi ko‘cha – EP187

Salom qadrli muxlislar, nihoyat Eltuz portaliga yog‘ilayotgan xatlarni o‘qish navbati yetib keldi. Bugungi murojaatlar O‘zbekistonning Surxondaryo va Toshkent viloyatlaridan kelgan.  

Nasiya savdodan kasal paydo bo‘lur, naqd savdodan asal paydo bo‘lur. Uzum Nasiyadan qarzga telefon harid qilgan haridor Eltuzga shikoyat qilmoqda.

“Men Uzum Nasiya firmasidan 6 oy oldin Redmi telefoni xarid kilganman. Telefon to‘lovini o‘z muddatida, oyma-oy to‘lab, 2 oktyabr kuni qarzdan butunlay qutuldim. Shunday bo‘lsa-da, kompaniya menga aslida yo‘q qarzni to‘lashimni talab qilib xabarnoma yuboryapti. Aks holda ish sudga oshar ekan. Adolat qaror topishida amaliy yordam so‘rayman” deya shikoyat qilmoqda telefon egasi.

Navbatdagi shikoyat Surxondaryoning Sherobod tumanidan. Cho‘yanchi mahallasiga 3 oydan buyon gaz ballon kelmayapti”

“Surxondaryo viloyati Sherobod tumani Cho‘yinchi mahallasiga 3 oydan buyon gaz ballon olib kelinmayapti. Shaharga yaqin hudud bo‘lsa-da, tabiiy gaz bilan ta'minlanmagan. Aholi gaz ballon kechikayotgani sabab qiynalyapti. Gaz idorasiga murojaat qilsak, “navbat bilan beriladi” deyishyapti. Kunlar soviyotganda ertalab issiq choy qilib bolalarni maktabga jo‘natishimiz, o‘zimiz ishga borishimiz uchun sharoit kerak-ku! Gaz ballon o‘z vaqtida berilishini so‘raymiz” deya arz qilishmoqda cho‘yanchiliklar.

Keyingi murojaat ham Surxondaryodan. Mahalladagi lotoklar yopilib qolgani oqibatida qor va yomg‘ir suvi uylarga qarab oqyapti

 “Surxondaryo viloyati Termiz shahridan murojaat yo‘llayapmiz. 2023 yil iyul oyida Amir Temur ko‘chasida, katta yo‘l yoqasida hashar bo‘lib o‘tdi. Hasharchilarning loqaydligi sabab yo‘l yoqasidagi qor, yomg‘ir suvlari oqadigan lotoklar tuproq bilan to‘lib qoldi. Bu esa yomg‘ir va qor mavsumida mahalla ahliga katta muammolar keltirib chiqardi. Endilikda qor, yomg‘ir suvlari ariq yo‘qligi sabab uylar ichiga qarab oqyapti. Shaharsozlik qonun-qoidalarida qor, yomg‘ir suvi ketishi inobatga olingan-ku. Hokimlikka qilgan murojaatlarimizdan natija bo‘lmayapti. Yuqori idoralardan amaliy ko‘mak so‘raymiz” deya yozmoqda termizliklar.

Keyingi maktub Toshkentning Yashnabod tumanidan. Yangi uyga ko‘chib o‘tganlar, shirkat xodimlarining tinimsiz bezovta qilishi yetmagandek, uylar atrofi temir panjara bilan o‘rab olinganidan tashvish bildirmoqda.

«Biz Yashnobod tuman 58-harbiy shahar, Iltifot ko‘chasida turamiz. 

Mahallamizga «Golden House» kompaniyasi «Assalom havo» uylarini qurdi. 2 yildan beri kecha-yu kunduz taqillatib tinchlikni buzgani kamdek endi butun boshli ko‘chani chambarak qo‘yib to‘sib olgan. 

Mahallakom, hokimiyat ham dolyasini olgan shekilli,indamaydi.» Deya yozmoqda Yashnabod turg‘unlari.

So‘nggi maktub ham Toshkent shahridan. Yangihayot tumani turg‘unlari yangi yotqizilgan asfalt so‘qmoqni quruvchi shirkat xodimlari buzib, tashlab ketishganidan nolishmoqda.

“Toshkent shahri Yangihayot tumanidan murojaat yo‘llayapmiz. Tuman hokimligi Sputnik-6 mavzesi aholi uchun piyodalar yo‘lagi – trotuarni asfaltlab chiroyli holga keltirib bergandi. 5-metro bekatiga tegishli inshoot qurilishida quruvchilar trotuarlarni buzib, shu ahvolda tashlab ketishdi.  Bu yo‘l endi yozda chang, qishda loy… Aholi so‘roviga muvofiq trotuarni avvalgidek obod holatga qaytarishlarini so‘raymiz”.

Va bu sizga etkazganimiz bugungi so‘nggi murojaat edi. Yana bir bor eslatamiz, eltuz portali telegramdagi alohida sahifa shaklida ochilgan. U erga xatlar uchun maxsus bot ham o‘rnatilgan. Eltuz kelayotgan shikoyatlar, videomurojaatlar, takliflar va ularga yozilgan javoblarni ham chop qilishga intiladi. Eslatib o‘tamiz, ayni soniyalarda yutubdagi kanalimiz obunachilari soni 683 mingdan oshdi.  Kanalimizga obuna bo‘ling. Agar ko‘rsatuvimizni qo‘llab quvvatlamoqchi, yoki ayrim yopiq videolarni ko‘rmoqchi bo‘lsangiz sponsorlik tugmalarini, Superchat, super stiker va super raxmat tugmachasini bosing.  Sog‘ bo‘ling.

Tag‘in o‘qing
20 avgust 2018
Muhammad Bekjon 2000 yilning 29 noyabrida O‘zbekistonning eng katta qamoqxonasi hisoblangan Navoiy zonasiga etap qilinadi. Tag‘in karantin, lomka, turma ...
3 avgust 2018
Bir paytlar neftbazadan benzin, solyarka olib chiqib sotar edik. Yashirincha olib chiqar edik, ishchilariga pul bersak, hech kim yo‘qligida ...
12 sentyabr 2020
O‘zbekistonlik minglab muhojirlar Rostov-Don shahridagi temir yo‘l stantsiyasi oldida lager qurdi. Issiqda, deyarli pulsiz, ishonchsizlik bilan ketishga umid qilishmoqda. ...
7 dekabr 2017
Shavkat Mirziyoevning O‘zbekiston prezidenti etib saylanganiga 4 dekabrda bir yil bo‘ldi. Kuz o‘tib qish keldi. Gazsiz, chiroqsiz uylarda saylovchilar ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...