UzPoster
15 dekabr 2024

«Ko‘ring, havas qiling, grajdaniman men ulug‘ Amerika Qo‘shma shtatlarining!»

O‘zbek qamog‘ida 18 yil uydirma ayblar bilan azoblanib jazo o‘tagan jurnalist Muhammad Bekjon Amerika vatandoshligini oldi.

«Men dunyodagi eng qudratli davlat 335 million aholi yashaydigan Amerika Qo‘shma Shtatlari vatandoshi bo‘lganimdan sevindim. Qamoqda yotganimda holimdan xabar olgan, qamoqdan chiqishimni muntazam talab qilgan va qamoqdan chiqishim bilan AQShga kelishimga yordam bergan Amerika hukumatidan minnatdorman. Men bu davlatdan yaxshilik ko‘rdim va bu yaxshilik uchun rahmat aytaman,» dedi Eltuz muxbiri bilan suhbatda Muhammad Bekjon.

Muhammad Bekjon 1999 yildagi Toshkent portlashlari ortidan Kievdagi uyidan o‘g‘irlab ketilgan va portlashlarga aloqadorlikda aybdor deb topilib, ozodlikdan mahrum etilgan edi.

Mahkamada u o‘ziga qo‘yilgan ayblarni rad etgan va tergov paytida qiynoqqa solinganini bildirgan.

2011 yili ozodlikka chiqishiga bir oy qolganida unga qamoqxona ichki tartibini buzish ayblovi qo‘yilib, jazo muddati yana 4 yilu 8 oyga uzaytirilgan edi.

“Chegara bilmas muxbirlar” xalqaro tashkiloti Muhammad Bekjonni “qamoqda eng ko‘p o‘tirgan jurnalistlardan biri” deb atagan.

Tag‘in o‘qing
3 dekabr 2015
Turkiyaning Anado‘li agentligi tarqatgan habarga ko‘ra 2 dekabr kuni O‘zbekiston muxolifati lideri Muhamad Solihning Istanbuldagi xovlisiga ikki shubhali kishi ...
5 may 2021
Navoiy viloyatining Xatirchi tumanilik marhum fermer Muzaffar Muhammadievning yaqinlari viloyat va tuman prokuraturalariga ishonchsizlik bildirmoqda.  Marhumning qabri birinchi marta ...
27 aprel 2020
Tarix takror sahnalardir. XVIII-XIX asrda Rossiya zodagon va bashanglari asosan frantsuz tilida gaplashishgan. Pushkinning tili frantsuzcha chiqqan va besh ...
13 aprel 2016
eltuz.com saytiga, IShIDga aloqadorlikda ayblanib, 7 yil ozodlikdan maxrum qilingan Jizzaxlik fermer, armani millatli Aramais Avakyanning advokati Olim Qobilov ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...